Sergi Barjuán Esclusa () (1971-yil 28-dekabrda tugʻilgan), Sergi nomi bilan tanilgan, ispaniyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi, hozirda murabbiy.
„Barselona“dagi faoliyati bilan mashhur boʻlib, u toʻqqiz mavsum davomida asosiy jamoada oʻynagan va toʻqqizta yirik chempionlikni qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshgan. Professional klubdagi debyutidan koʻp oʻtmay Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan va u ikkita Jahon chempionati hamda ikkita Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan.
2009-yilda Barjuán „Rekreativo“, „Almeriya“ va „Malyorka“ klublarini boshqarib, murabbiylik faoliyatini boshlagan.
Futbolchilik faoliyati
Klub Kataloniyaning Barselona shahridagi Les Franqueses del Vallès shahrida tugʻilgan Sergi "Barselona " akademiyasida tahsil olgan. Keyinchalik u asosoiy jamoaga chaiqirilgan. 1999-yilgacha xar mavsumda 31 tadan kam oʻyin oʻtkazmagan va jamoaning shubhasiz asosiy oʻyinchisiga aylangan.
Murabbiy Lui van Gal bilan yuzaga kelgan muaommolardan soʻng, Sergi „ Atletiko Madrid“ga qoʻshilgan.
Xalqaro "Barselona"ning asosiy tarkibiga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay, Sergi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan. Jamoadagi debyutini 1994-yil 9-fevralda Polsha bilan Santa-Kruz-de-Tenerifeda oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida amalga oshirgan. U 1994-yilgi FIFA Jahon chempionati, UEFA Yevro 1996, 1998-yilgi Jahon chempionati va Yevro 2000da qatnashgan. Terma jamoa libosida jami 56 ta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati
Barselona (yoshlar) 2009-yil iyul oyida, bir necha yil marketing va yoshlar uchun futbol lagerlarida ishlagandan soʻng, Barjuan „Juvenil B“ murabbiyi sifatida Barselonaga qaytgan. Oʻz faoliyati davomida u Jerar Deulofeu, Patrik va Rafinyaga ustozlik qilgan, ular oxir-oqibat kattalar jamoasida ham oʻynashgan.
Recreativo Barjuan professional jamoalar orasida birinchi ishini 2012-yil 22-mayda boshlagan. U Segunda Divisiónda Recreativo de Huelva jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 18-avgust kuni oʻzining debyutida u Xerez CDga qarshi bahsda 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
El Dekanodagi ikkinchi yilida Barjuan soʻnggi kuni pley-off yoʻllanmasini qoʻldan boy bergan. Keyin u 2014-yil iyun oyida shartnomasini bekor qilgan va uning oʻrniga Xose Luis Oltra kelgan.
Almeria Barjuan 2015-yilning 6-aprelida ishdan boʻshatilgan Xuan Ignasio Martinesni oʻrniga „UD Almeria“ga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning bosh murabbiyligidagi birinchi oʻyini ikki kundan keyin boʻlib oʻtgan, sobiq klubi „Barselona“ga safarda 4:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
2015-yil 3-oktabrda Barjuan CD Tenerifega qarshi oʻz uyida 2:2 hisobidagi durangdan soʻng klubdan chetlatilgan.
Mallorca Barjuan oʻz faoliyatini 2017-yil aprel oyida RCD Mallorcada davom ettirgan. U mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin klubdan ketgan.
Zhejiang Greentown 2017-yilning 26-noyabrida 45 yoshli Barjuan oʻz faoliyatida ilk bor xorijga koʻchib oʻtgan va keyingi ikki mavsumda Xitoyning Birinchi Liga jamoasi „Zhejiang Greentown FC“ni boshqargan. U 2019-yil 4-iyulda klubdan chetlatilgan.
Barselona B 2021-yil iyun oyida Barjuan ikki yillik shartnoma asosida „Barselona Atletic“ga Fransisko Xaver Garsiya Pimientaning oʻrniga tayinlangan. 28-oktyabr kuni Ronald Kuman ishdan boʻshatilgach, Barjuan asosiy tarkibga vaqtinchalik rahbarlik qilib tayinlangan. Ikki kundan soʻng, debyutida uning jamoasi „Deportivo Alaves“ bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan. Ikkinchi oʻyinda Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Dinamo Kiev"ga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaMamlakat KubogiYevropaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBarcelona1993—1994La Liga23041803511994—199534130804511995—199640060725321996—199734180704911997—199831281804731998—199935051504511999—200019160603112000—2001331601305212001—20021800070250Jami267646369238211Atlético Madrid2002—2003La Liga26040-3002003—200432050-3702004—20052701030310Jami85010030980Karyerada jami352656372248011
Xalqaro Ispaniya YilOʻyin Gol 1994-yil 11 1 1995-yil 6 0 1996-yil 9 0 1997-yil 4 0 1998-yil 9 0 1999-yil 5 0 2000-yil 7 0 2001-yil 4 0 2002-yil 1 0 Jami 56 1
Yutuqlari Barselona
La Liga : 1993—1994, 1997—1998, 1998—1999 Qirol kubogi : 1996—1997, 1997—1998 Ispaniya Superkubogi : 1994, 1996 UEFA Kubogi egalari kubogi : 1996—1997 UEFA Superkubogi : 1997-yil
Ispaniya U21
21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati uchinchi oʻrin: 1994-yil
Manbalar
Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:Barcelona FKning C oʻyinchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar