Natasha McKay (talaffuzi: Natasha Makkey; 1945-yil 14-yanvar Dandi) — yakkalik figurali uchish musobaqalarida qatnashadigan shotlandiyalik figurali uchuvchi. Natasha Buyuk Britaniyani xalqaro turnirlarda himoya qiladi. McKay oltita xalqaro mukofot, jumladan, toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritgan. U uch karra Britaniya chempioni.
Tarjimayi holi McKay 1995-yil 14-yanvarda Shotlandiyaning Dandi shahrida tugʻilgan. U Dandidagi Sent-Jon maktabida () oʻqiganva 2008-yilda Koventriga (Angliya) koʻchib oʻtgan. U 2012-yilda Dandiga qaytib kelgan.
Faoliyati McKay konkida uchishni 2002-yilda boshlagan. left|thumb|225x225px| Natasha McKay Helsinkida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida (2017) McKay 2009—2010-yilgi mavsumda Buyuk Britaniya chempionatida oʻsmirlar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2011-yil fevral oyida Liberetsda boʻlib oʻtgan Yevropa yoshlar Olimpiya festivalida 22-oʻrinni egalladi.
2012—2013-yilgi mavsumda McKay oʻzining birinchi marta oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasiga kirdi va Bledda (Sloveniya) boʻlib oʻtgan musobaqada 24-oʻrinni egallab, milliy chempionatda oʻsmirlar darajasida ikkinchi bronza medalini qoʻlga kiritdi. Figurali uchuvchi Dandida Debi va Saymon Briggs murabbiyligida mashq qildi.
2014—2015-yilgi mavsumda McKay Buyuk Britaniyaning kattalar oʻrtasidagi chempionatida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Keyingi yili u beshinchi oʻrinni egalladi.
McKay 2016-yil noyabr oyida Andorra ochiq turnirida oltin medalni qoʻlga kiritdi va bir oy oʻtib Britaniya chempioniga aylandi. 2017-yil yanvar oyida McKay Skate Helena turnirida qatnashib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Figurali uchuvchining natijalari 2017-yilda Ostravada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatida oʻz mamlakatini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritish imkonini berdi. Chexiya Respublikasida u qisqa dasturda 24-oʻrinni egalladi, faqat soʻnggi oʻrin bilan erkin dasturda konki uchish huquqini qoʻlga kiritdi, keyin esa ushbu dasturda16-oʻrinni egalladi. McKay umumiy hisobda 18-oʻringa koʻtarildi.
2018-yil dekabr oyida McKay oʻzining uchinchi marta milliy chempionligini qoʻlga kiritdi.
Dasturlari Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur 2018/2019 Song for the Little SparrowAbel Korjenevskiy Rondo Kapritchioso Camille Saint-Saens 2017/2018 El Tango de Roxanne(Mulen Ruj! filmidan) Rondo KapritchiosoCamille Saint-Saens 2016/2017 El Tango de Roxanne(Mulen Ruj filmidan) LebedCamille Saint-SaensChyorniy LebedPyotr ChaykovskiyKlint Mansel 2012/2013 Spyashaya KrasavitsaPyotr Chaykovskiy Music Ledi Gaga
Natijalar thumb| Natasha Makkey 2017-yilgi Yevropa chempionatida birinchi marta erkin dasturda chiqish qilmoqda|290x290px Musobaqa 08/19 09/10 10/11 11/12 12/13 13/14 14/15 15/16 16/17 17/18 18/19 Jahon chempionatlari 32 32 21 Yevropa chempionati 18 27 20 Britaniya chempionati 8 N 3J 4 J 4 J 3J 4 J 3 5 1 1 1 9 Finlandia Trophy 18 20 Nebelhorn 18 Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichi: Sloveniya 24 Nitsa kubogi 14J 15 J 6 Tirol kubogi 5 Denkova-Staviskiy kubogi 3 Golden Bear turniri 1 Merano Cup turniri 2 Open d’Andorra turniri 1 Turnir Skate Helena 1 Turnir Volvo Open Cup 6 N = bolalar darajasi; J = oʻsmirlar darajasi; CS = Challenger seriyali turnirlar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:14-yanvarda tugʻilganlar