Tafari Lalibela Moore () (1997-yil 5-iyulda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Tafari Moore „St Albans City“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Tafari Moore „Arsenal“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan edi.

Klubdagi faoliyati

Arsenal Moore Londonning Brent shahrida tugʻilgan. U toʻqqiz yoshida „Queens Park Rangers“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. Oʻn ikki yoshida esa „Arsenal“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga oʻtgan. Tafari Moore 2014-yilning 5-iyulida, 17 yoshga toʻlgan kuni, „Arsenal“ futbol klubi bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan.

Ijaralar 2016-yilning 17-avgustida Moore „Utrecht“ futbol klubiga mavsumiy ijaraga yuborilgan. Besh kundan soʻng Tafari Moore Eerste divizioni vakili „Jong FC Utrecht“ futbol klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazgan.

2018-yilning 12-yanvarida Tafari Moore 2017—2018-yilgi mavsum oxirigacha Ikkinchi liga vakili „Wycombe Wanderers“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. Mavsum oxirida Tafari Moore klubni tark etgan2017/18 Premier League clubs' released lists.

Plymouth Argyle 2018-yil 28-iyunda Tafari Moore „Plymouth Argyle“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Moore klub safidagi oʻyinlarni mavsum boshida boshlagan, ammo yaxshi oʻyin koʻrsata olmagan va noyabr oyidan keyin 2018—2019-yilgi mavsumda boshqa maydonga tushmagan. Moore keyingi mavsum boshida ikki marta kubok oʻyinlarida maydonga tushgan va oktyabr oyida ijara shartnomasi asosida boshqa klub safiga qoʻshilgan. 2020-yilning yanvar oyi oxirida Tafari Moore mavsum oxirigacha ijara asosida „Colchester United“ futbol klubiga oʻtgan. U klub safida faqat bir marta maydonga tushganTaf Loan to Colchester. Moore mavsum oxirida „Plymouth“ futbol klubini tark etganRetained List.

Moore „Plymouth“ futbol klubini tark etganidan soʻng, 2021-yil sentabr oyida „Hendon“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.

2022-yil iyun oyida Moore Milliy liga vakili „St Albans City“ futbol klubi safiga qoʻshilish uchun kelishuv shartnomasiga imzo chekkan.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Boʻlim Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarArsenal2015-—2016Premyer liga000000—002016—2017Premyer liga000000—002017—2018Premyer liga000000—00Jami000000—00Jong FC Utrecht (ijara)2016—2017Eerste diviziyasi26000——260FC Utrecht (ijara)2016—2017Eredivisie1000——10Wycombe Wanderers (ijara)2017—2018Ikkinchi liga130000000130Plymouth Argyle2018—2019Birinchi liga1401010201802019—2020Ikkinchi liga0000101020Jami140102030200Colchester United (ijara)2019—2020Ikkinchi liga1000000010Hendon2021—2022Premyer diviziya150000002170Career Jami700102050780

Shaxsiy hayoti Tafari Moore rastafariyalik taqvodor hisoblanadi. U intervyularida koʻpincha Xudoga ishonishini va oʻz eʼtiqodida mahkam turishga harakat qilishini aytib oʻtgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari