Yelena Ruslanovna Ilyinix (ruscha: Еле́на Русла́новна Ильины́х; 1994-yil 25-aprel, Aktau, Qozogʻiston) — muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi, 2014-yilgi jamoaviy musobaqalarda gʻolib chiqqan Olimpiya chempioni, Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi.

Faoliyati Yelena eng katta muvaffaqiyatga Nikita Katsalapov bilan juftlikda erishgan: 2014-yilgi jamoaviy musobaqalarda Olimpiya chempioni va 2014-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida muz raqsi boʻyicha bronza medali sovrindori, 2012-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2013-yil va 2014-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. 2012, 2013, 2014-yillardagi Rossiya chempionatining uch karra kumush medali sohibi; 2010-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni. 2014-yil fevral holatiga koʻra, Ilyinix/Katsalapov juftligi ISU reytingida 7-oʻrinni egallagan. Juftlik 2014-yil aprel oyida tarqaldi.

Yelena 2014-yil aprel oyining ikkinchi yarmidan 2017-yil may oyigacha Ruslan Jiganshin bilan juftlikda muz ustida raqslarini ijro etdi. Ular 2015-yilgi Rossiya chempioni, 2015-yilgi jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati kumush medali sovrindorlari, 2014—2015-yilgi mavsumda Rossiya kubogi Gran-pri bosqichining kumush medali sovrindorlari, 2015—2016-yilgi mavsumda Xitoy kubogi Gran-pri bosqichining bronza medali sovrindorlari boʻlishgan.

2017-yil 16-may holatiga koʻra Ilyinix/Jiganshin juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 24-oʻrinni egallagan.

Juftlik rekordlari Juftlikda: Qisqa dastur rekordi Erkin dastur rekordi Umumiy rekord Nikita Katsalapov 73,04 ball 110,44 ball 183,48 ball Ruslan Jiganshin 76,04 ball 109,15 ball 185,19 ball Anton Shibnev 61,18 ball 86,46 ball 147,64 ball

Natijalari (R. Jiganshin bilan) Musobaqa 2014 — 2015 ㅤ 2015 — 2016 ㅤ 2016 — 2017 ㅤ Jahon chempionatlari 7 Yevropa chempionati 4 Jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati 2 Gran-pri finali 6 Gran-pri bosqichlari: Chinese Cup 4 3 Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 2 5 Gran-pri bosqichlari: Skate America 5 Gran-pri bosqichlari: Trophee de France 4 Tallin Trophy 1 Rossiya chempionati 1 4 4 Mordoviya naqshlari 1 (N. Katsalapov bilan) Musobaqa 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ 2010 — 2011 ㅤ 2011 — 2012 ㅤ 2012 — 2013 ㅤ 2013 — 2014 ㅤ Qishki Olimpiya oʻyinlari 3 Qishki Olimpiya oʻyinlari . Jamoa raqobati 1 Jahon chempionatlari 7 5 9 4 Yevropa chempionati 4 3 2 2 Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1 Rossiya chempionati 3 2 2 2 Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 4 2 Gran-pri finali 6 Trophee Eric Bompard 4 2 NHK Trophy 4 3 2 4 Rossiya kubogi 3 2 Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Vengriya 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Polsha 1

Shaxsiy hayoti

Hozir Yelena balet raqqosi Sergey Polunin bilan munosabatda. Yelena 2020-yil 16-yanvarda Mayamida (Florida, AQSh) oʻgʻil farzand dunyoga keltirdichampionat.com, 7 marta 2020. U olimpiyskoy chempionki Ilinix i artista baleta Polunina rodilsya rebyonok.

Ilyinix — Pantene brendi elchisi. Sochi Olimpiadasi paytida uning ishtirokidagi parfyumeriyaning reklama roliklari televideniyeda „Sizga raqs hadya qilamiz!“ shiori ostida namoyish etildi.

Mukofotlar va sport unvonlari

Doʻstlik ordeni (2014-yil 24-fevral) — jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, 2014-yilda Sochida boʻlib oʻtgan XXII qishki Olimpiya oʻyinlarida yuqori sport yutuqlari uchun.center|thumb|312x312px| Doʻstlik ordeni taqdimoti. V. V. Putin va Yelena Rossiyada xizmat ko'rsatgan sport ustasi (2014-yil 10-fevral) Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi (2011-yil 23-may).

Manbalar

Turkum:Rossiyaning Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar