Botti Boulenin Biabi () (1996-yil 8-martda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Botti Biabi „Brechin City“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Botti Biabi futbolchilik faoliyati davomida „Falkirk“, „Swansea City“, „Hamilton Academical“, „Macclesfield Town“, „Ebbsfleet United“, „Stenhousemuir“ va „Kelty Hearts“ futbol klublarida oʻynagan edi.
Faoliyati
Falkirk Botti Biabi Londonda tugʻilgan. Botti Biabi oliasi bilan 12 yoshida Shotlandiyaga koʻchib oʻtgan va Glasgowning Scotstoun hududida oʻsgan. Bu yerda Botti Biabi Knightswood oʻrta maktabida oʻqigan va shaharning uy-joy massivlarida sobiq Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi futbolchisi Andy McLaren tashkil qilgan yoshlar uchun trening dasturida ishtirok etganAndy McLaren fighting for funding in bid to get kids off the streets and on to football pitches, Daily Record, 24 January 2017. Botti Biabi „Falkirk“ futbol klubi bilan 16 yoshida shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldiOn-loan Hamilton kid Botti Biabi on how growing up in rough Glasgow neighbourhood is helping shape his career, Daily Record, 1 October 2017. Botti Biabi jamoadagi debyut oʻyinini 2014-yil 6-may kuni „Queens of the South“ futbol klubiga qarshi pley-off bosqichida oʻtkazdi. Mavsum oxirida Botti Biabi „Falkirk“ futbol klubi tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta oʻyin oʻtkazdi.
Swansea City Botti Biabi 2015-yilning 17-avgustida „olti raqamli toʻlov“ evaziga Angliya Premyer-ligasining „Swansea City“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilishga rozilik bildirdi va u yerda Botti Biabi klubning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasiga qoʻshildi.
2017-yilning 31-avgustida Botti Biabi Shotlandiya Premyer-ligasi vakili „Hamilton Academical“ futbol klubi bilan toʻrt oylik ijara shartnomasi imzoladi.
2019-yilning 31-yanvarida Botti Biabi „Swansea City“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi va 2018—2019-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Macclesfield Town“ futbol klubi safiga qoʻshildi.
Botti Biabi 2019-yil iyul oyida klubni tark etdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Ota-onasi va tugʻilgan joyi tufayli Botti Biabi Kot-dʼIvuar, Angliya va Shotlandiya milliy futbol terma jamoalari oʻrtasida uch tomonlama tanlov qilish huquqiga ega edi, ammo u oʻzi tarbiyalangan mamlakat Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi vakili boʻlishni afzal koʻrdi. Botti Biabi 2014-yil sentyabr oyida Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi yigʻinlariga chaqirilgan edi.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Milliy kubok EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarFalkirk2013—2014Shotlandiya chempionati00000010102014—20152234030213142015—20160000000000Jami223403031324Swansea City2015—2016Angliya Premyer-ligasi00000000002016—201700000031312017—201800000010102018—2019Chempionat0000004040Jami0000008181Hamilton Academical (ijara)2017—2018Shotlandiya Premyer-ligasi5000000050Macclesfield Town (ijara)2018—2019Shotlandiya Ikkinchi ligasi3000000030Ebbsfleet United2019—2020Milliy liga5000000050Stenhousemuir2019—2020Shotlandiya Ikkinchi ligasi1430000001432020—2021104003100135Jami247003100278Jami591040611128013
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar