link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/45/2021-06-15_Fussball%2C_Frauen%2C_L%C3%A4nderspiel%2C_Deutschland_-_Chile_1DX_4875_by_Stepro.jpg/220px-2021-06-15_Fussball%2C_Frauen%2C_L%C3%A4nderspiel%2C_Deutschland_-_Chile_1DX_4875_by_Stepro.jpg|thumb| Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi, 2021-yil Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Chili sharafini himoya qiladi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi Chili futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi va CONMEBOL aʼzosi hisoblanadi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi 1991, 1995 va 2011-yillarda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqishga yaqin keldi va nihoyat, 2019-yilda birinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqdi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi Braziliya ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan bir qatorda Copa America Femenina saralash bosqichida doimo saralanib oʻtgan ikki jamoadan biri hisoblanadi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻrtoqlik oʻyinlarini, asosan, anʼanaviy raqibi boʻlgan Argentina ayollar milliy terma jamaosiga qarshi oʻtkazadi. Hozirda Chili ayollar milliy futbol terma jamoasini Jose Letelier boshqaradi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasiga darvozabon Christiane Endler sardorlik qiladi.

Janubiy Amerikaning koʻplab davlatlari singari Chilida ham ayollar futboli ham erkaklar futbolining soyasida qolmoqda. Hozircha Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qaysidir oʻyinda gʻlaba qozongan uchta ispan tilida soʻzlashuvchi davlatdan biri hisoblanadi.

Futbol boʻyicha Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olgan.

Tarixi Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi Braziliya va Venesuela terma jamoalari bilan bir qatorda 1991-yilda ilk marotaba oʻtkazilgan Amerika kubogining birinchi ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi ilk turnirda mezbon Braziliya terma jamoasiga 1:6 hisobida magʻlub boʻldi va Venesuela ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va natijasda 1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Keyinchalik Chili ayollar milliy futbol terma jamoasida samaradorlikning pasayishi davriga kirdi, yaʼni Amerika kubogida faqat 1995 va 2010-yillarda uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan soʻng, Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yil may oyida Peruga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 12:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2018-yilgi Copa America Femenina kubogi turniriga mezbonlik qilish Chiliga nasib qildi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinlariga muxlislar tashrifi deyarli toʻla boʻlgan holda jamoa ushbu tunirda ikkinchi oʻringa egalladi. Bu esa Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining 2019-yilgi FIFA Ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishini kafolatladi.

Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogining F guruhiga tushdi. Guruhda ikkita juda kuchli ayollar terma jamoasi: Jahon chempionlari: AQSh va Shvetsiya ayollar terma jamoalari, Janubi-Sharqiy Osiyodagi raqibi va 2015-yilgi turnir debyutanti Tailand ayollar terma jamoalari bor edi. Mutlaqo qiyin guruhga tushib qolgan Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi Shvetsiya va AQSh ayollar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda dadil oʻyin koʻrsatdi, ammo bir ochko ham qoʻlga kirita olmadi: Shvetsiyaga 0:2 va AQShga 0:3 hisobida yutqazdi. Biroq, Chilining soʻnggi oʻyini Tailand ayollar terma jamoasiga qarshi muhim uchrashuv boʻldi. Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining jangovar ruhi avvalroq AQSh va Shvetsiyaga ikkita halokatli magʻlubiyatdan keyin yana-da tushgan edi. Shunga qaramay Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi Tailand ustidan 2:0 hisobidagi tarixiy gʻalaba qozondi. Ammo Fransiska Laraning soʻnggi daqiqalarda penaltidan gol oʻtkazib yuborishi Chili ayollar milliy futbol terma jamoasini Nigeriya ayollar terma jamoasi bilan toʻplar farqi pastligi sababli Jahon chempionatidan chiqarib yubordi.

Keyin Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdu, lekin guruh bosqichining oʻzidan turnirni tark etishdi.

Jamoa tasviri

Jamoaning laqabi Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi „La Roja Femenina (Ayol Qizil)“ nomi bilan tanilgan.

Jamoaning uy stadioni Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Estadio Nacional Julio Martines Pradanos stadionida oʻtkazadi.

Jamoa homiylari

Coca-Cola / Powerade Sodimac Serveza Cristal PF Alimentos Gillette Ariel Santander Arauko Claro Unimark Marca Chili Betsson Rappi LATAM DirecTV Sports (Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining 2022-yil aprel oyidagi oʻrtoqlik oʻyinlarini translyatsiya qilgan telekoʻrsatuvi) Chilevision / TNT Sports Chile (Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining saralash va oʻrtoqlik oʻyinlarini translyatsiya qilgan telekoʻrsatuvi) Televisión Nacional de Chile (2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻyinlarini translyatsiya qilgan telekoʻrsatuvi)

Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijasi 2022-yil 27-iyulga koʻra Quyida Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.

Ushbu roʻyxatni tuzishda Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan.

Raqib terma jamoalarIlk uchrashuvOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbatiKonfederatsiyasi1995186482232−10CONMEBOL20184103511−6AFC19956501257 +18CONMEBOL1991140113551−46CONMEBOL2021211021 +1CAF20132101230CONCACAF2009210112−1AFC1998142661021−11CONMEBOL20183210720CONCACAF2010200216−5UEFA199564111284CONMEBOL2017100101−1UEFA2019201102−2UEFA20201100303CAF2021100102−2UEFA1994100104−4UEFA1994220051 +4AFC20113003311−8UEFA2019200224−2CONCACAF2010201112−1AFC20201100505CAF20094013011−11CONCACAF2019100107−7UEFA20201100505UEFA2014301257−2CONMEBOL19985302214 +17CONMEBOL20111010000UEFA2011201113−2UEFA1994100102−2UEFA2013211054 +1UEFA2021100101−1UEFA2018211043 +1CAF2019100102−2UEFA2019110020 +2AFC2011110030 +3CONCACAF20183003010−10CONCACAF20068521147 +7CONMEBOL1994110050 +5AFC1991631284 +4CONMEBOL2011100112−1UEFA2020100112−1CAF

Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi

Hozirgi murabbiylar shtabi Lavozimi Ismi Man. Bosh murabbiy Xose Letelier

Bosh murabbiylar tarixi  2020-yil 15-dekabr holatiga koʻra Ismi Murabbiylik davriOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyat Gʻalaba qozonish koʻrsatkichi % Xose Letelier 2015-hozirga qadart 0 0 0 0 00,0 %

Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari

Hozirgi tarkib 2022-yilning 24-27-oktabr kunlari oʻtkazilgan mashgʻulotlarda quyidagi futbolchilar Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan.

2022-yil 10-oktabr holatiga koʻra

Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining mashhur futbolchilari

Ada Cruz Christiane Endler

Jamoa sardori Christiane Endler

Boshqa tarkib

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tarkibi CONMEBOL Copa America Femenina

2018-yilgi Copa America Femenina tarkibi

Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekrodlari

Eng koʻp maydonga tushgan futbolchi

#FutbolchilarFaoliyat yillariOʻtkazgan oʻyinlari1 Christiane Endler 2009-hozirga qadar 76 Eng yaxshi toʻpurar

#FutbolchilarFaoliyat yillariGollar soniOʻtkazgan oʻyinlari1 Francisca Lara 2010- 21 59

Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari

Mintaqaviy

CONMEBOL Copa America Femenina Fayl:Med_2.png Ikkinchi oʻrin: (2) 1991, 2018 Fayl:Med_3.png Uchinchi oʻrin: (2) 1995, 2010

Janubiy Amerika oʻyinlari Fayl:Med_2.png Ikkinchi oʻrin: (1) 2014-yil

Boshqa turnirlarda

Ayollar oʻrtasidagi Turkiya kubogi Fayl:Med_1.png Chempion: (1) 2020 Braziliya xalqaro turniri Fayl:Med_1.png Chempion: (1) 2019-yil

Yoshlar jamoalari

15 yoshgacha Chili ayollar futbol terma jamoasi

Yozgi oʻsmirlar Olimpiada oʻyinlari: 20x20px Oltin medal: (1) 2010-yil

Xalqaro musobaqalarda Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi YilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbati 1991-yil Saralashdan oʻta olmadi 1995-yil 1999-yil 2003-yil 2007-yil 2011-yil 2015-yil 2019-yil Guruh bosqichi 3 1 0 2 2 5 −32023-yil Aniqlanmoqda Jami 1/9 3 1 0 2 2 5 −3 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidagi Chili terma jamoasining oʻyinlari tarixiYilBosqichSanaRaqib terma jamoaNatijaStadion 2019 Guruh bosqichi 11-iyun Magʻlubiyat: 0-2 Roazhon bogʻi, Renn 16-iyun Magʻlubiyat: 0-3 Parc des Princes, Parij 20-iyun Gʻalaba: 2-0 Roazhon bogʻi, Renn

Olimpiada oʻyinlari Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi YilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbati 1996-yil Saralashdan oʻta olmadi 2000-yil 2004-yil 2008-yil 2012-yil 2016-yil 2020-yil Guruh bosqichi 11 3 0 0 3 1 5 2024-yil Saralashdan oʻta olmadi Jami 1/8 3 0 0 3 1 5 Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Chili ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻyinlarining tarixi Yil Davra Sana Raqib terma jamoa Natija Stadion 2020-yil Guruh bosqichi 21-iyul 0-2 Sapporo gumbazi, Sapporo 24-iyul 1-2 Sapporo gumbazi, Sapporo 27-iyul 0-1 Miyagi stadioni, Rifu

CONMEBOL Copa America Femenina CONMEBOL Copa America Femeninada Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi YilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar 1991-yil Ikkinchi oʻrin 2 1 0 1 2 6 1995-yil Uchinchi oʻrin 4 1 1 2 14 9 1998-yil Guruh bosqichi 4 1 0 3 6 132003-yil 2 0 0 2 2 9 2006-yil 4 1 0 3 5 13 2010-yil Uchinchi oʻrin 7 3 2 2 11 8 2014-yil Guruh bosqichi 4 2 0 2 6 5 2018 Ikkinchi oʻrin 7 3 3 1 13 5 2022 Beshinchi oʻrin 5 2 1 2 10 9 Jami 9/9 39 14 7 18 69 77

Panamerika oʻyinlari Panamerika oʻyinlarida Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi YilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar 1999-yil Saralashdan oʻta olmadi 2003-yil 2007-yil 2011-yil Guruh bosqichi 3 1 1 1 3 1 2015-yil Saralashdan oʻta olmadi 2019 2023-yil Mezbon sifatida saralashdan oʻtgan 2027 Aniqlanmoqda Jami 2/7 3 1 1 1 3 1

Janubiy Amerika oʻyinlari Janubiy Amerika oʻyinlarida Chili ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi YilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollar2014-yil Kumush medal 4 2 1 1 4 2 2018-yildan hozirgi kungacha U-20 turniri Jami Kumush medal 4 2 1 1 4 2

Yana qarang Chilida sport Chili erkaklar milliy futbol jamoasi

Manbalar

Havolalar

The official Chile womenʼs national football team website Chile womenʼs national football team website on ANFP Chile womenʼs national football team website on TNT Sports