Thomas Spencer Smith () (1998-yil 25-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Tom Smith „Bath City“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati

Swindon Town 2014—2015-yilgi mavsum boshida Tom Smith „Swindon Town“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi va unga 28-raqamli futbolka berildi. Tom Smith oʻzining professional futboldagi debyut oʻyinini „Preston North End“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2015—2016-yilgi mavsum uchun Tom Smithga 31-raqamli futbolka topshirildi. Tom Smith 2015-yilning 5-sentyabrida „Swindon Town“ klubi safidagi ilk golini „Crewe Alexandra“ futbol klubi darvozasiga kiritdi. 2016—2017-yilgi mavsum uchun Tom Smithga 15-raqamli forma berildi. Tom Smith bu mavsumdagi ilk oʻyinini „Queens Park Rangers“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Bu oʻyinda Tom Smith 65-daqiqada Yaser Kasimning oʻrniga maydonga tushdi.

2017-yilning 22-fevralida Tom Smith jamoadoshi Jake Evans bilan 2017-yilning iyunigacha ijara asosida Irlandiyaning „Waterford“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. 24-fevral kuni Tom Smith yangi jamoa tarkibidagi ilk oʻyinini „Athlone Town“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:0 hisobi) oʻtkazdi. 2017-yil 10-mart kuni Tom Smith "Waterford' klubi uchun birinchi golini „UCD“ jamoasi darvozagiga (2:0) kiritishga muvaffaq boʻldi. Tom Smithning klub bilan kelishilgan ijara shartnomasi muddati 2017-yil may oyida tugadi.

2017-yil 12-oktabrda Tom Smith Milliy liga vakili „Bath City“ futbol jamoasiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi. Ikki kundan soʻng, Tom Smith Angliya kubogining 4-saralash bosqichi doirasidagi „Chelmsford City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Bath City“ klub jamoasi tarkibida ilk oʻyinini oʻtkazdi va bu buchrashuvda Tom Smith oʻyindagi eng yaxshi oʻyinchi deb topildi. Bu oʻyindan soʻng, Tom Smithning ijara muddati 2018-yilning 6-yanvarigacha uzaytirildi. 2017-yil 24-noyabrda Tom Smith jarohatlar bilan bogʻliq muammolar tufayli „Swindon“ futbol klubi tomonidan chaqirib olindi. 2017-yilning 8-dekabrida Tom Smith bir oylik ijara asosida „Bath“ klubi safiga qaytdi. 2018-yilning 19-yanvarida Tom Smith „Bath“ klubi bilan yangi ijara shartnomasi imzolashga muvaffaq boʻldi.

Tom Smith 2017—2018-yilgi mavsum oxirida „Swindon“ futbol klubini tark etdi.

Cheltenham Town 2018-yilning 1-iyunida, „Swindon“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Tom Smith ikki yillik shartnoma asosida ikkinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilishga rozi boʻldi.

2018-yil 20-sentabrda Tom Smith toʻrt oylik ijara asosida yana „Bath City“ futbol klubi safiga qaytdi. Keyinchalik shartnoma mavsumning qolgan qismi uchun ham uzaytirildi.

Bath City 2019-yilning 2-iyulida, bir nechta ijara shartnomalaridan soʻng, Tom Smith ikki yillik shartnoma asosida „Bath City“ futbol klubi tarkibiga qaytdi. 2020-yil 27-iyulda Tom Smith mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor boʻldi.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaAngliya kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSwindon Town2014—2015Angliya Birinchi ligasi10000000102015—2016Angliya Birinchi ligasi11000010212016—2017Angliya Birinchi ligasi800010301202017—2018Angliya Ikkinchi ligasi00—100010Jami101002040161Waterford (ijara)2017LOI Birinchi divizioni1010010—111Bath City (ijara)2017—2018Angliya Milliy ligasi271020—213111Cheltenham Town2018—2019Angliya Ikkinchi ligasi00—100010Bath City (ijara)2018—2019Angliya Milliy ligasi29431—41366Bath City2019—2020Angliya Milliy ligasi351221—7344162020—2021Angliya Milliy ligasi13330—321952021—2022Angliya Milliy ligasi36230—514432022—2023Angliya Milliy ligasi8110—0091Jami14832142—21818342Dagenham & Redbridge (ijara)2020—2021Angliya Milliy ligasi70———70Umumiy174341424025821744

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari