Kieran Christopher Lee () (1988-yilda 22-iyun tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Kieran Lee „Bolton Wanderers“ futbol klubida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Kieran Lee futbolchilik faoliyatini „Manchester United“ futbol klubida boshlagan.
Faoliyati
Manchester United Faoliyatining boshida markaziy yarim himoyachi boʻlgan Kieran Lee „Manchester United“ futbol klubi safida chap va oʻng qanot himoyachisi sifatida koʻproq mavsum oʻtkazgan. 2004-yilning iyul oyida Kieran Lee „Manchester United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. Kieran Lee 2004—2005-yillarda klub safida 25 marta, 2005—2006-yillarda esa 23 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Bu oʻyinlaridan soʻng, klub Kieran Lee bilan ikki yillik professional shartnoma imzoladi.
2007-yil 28-dekabrda Kieran Lee 2008-yil 2-yanvardan boshlab „Queens Park Rangers“ futbol lubi safiga ijaraga oʻtishi eʼlon qilindi. Shundan soʻng Kieran Lee 5-yanvar kuni Angliya kubogi doirasida „Chelsea“ futbol klubiga qarshi „QPR“ futbol klubi tarkibida oʻynash huquqiga ega boʻladi.
Oldham Athletic Kieran Lee „QPR“ futbol klubi safida toʻrt oy davomida yettita oʻyin oʻtkazdi. Shundan soʻng, Kieran Lee „Oldham Athletic“ futbol klubi bilan 2008-yil yozida shartnoma imzoladi. Bu shartnoma 2008-yilning 1-iyulidan boshlab kuchga kirgan va uning muddati ikki yil etib belgilangan edi.
Kieran Lee „Oldham Athletic“ futbol klubi safida toʻrt marta „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ nomiga sazovor boʻldihttp://www.oldhamathletic.co.uk/page/NewsUpdate/0,,10337~2756327,00.html.
Sheffield Wednesday 2012-yil 28-may kuni Kieran Lee „Oldham Athletic“ futbol klubining yangi shartnomasini rad etganidan soʻng, „Sheffield Wenesday“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
2019-yil iyul oyida Kieran Lee „Sheffield Wednesday“ futbol klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi.
2020-yil 24-iyun kuni Kieran Lee koronavirus tufayli kechiktirilgan 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismini qoplash uchun bir oylik uzaytirilgan shartnomani imzoladi.
Bolton Wanderers 2021-yil 8-yanvarda Kieran Lee Bolton universitetining stadionida bir necha hafta mashgʻulotlarni oʻtkazgandan soʻng, „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan 18 oylik shartnoma imzoladi. Kieran Lee 2021-yilning 13-yanvarida „Exeter City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdiBBC Sport: „Exeter City 1-1 Bolton Wanderers“. Kieran Lee klub safidagi ilk golini 20-mart kuni „Walsall“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi. 2021-yil 5-noyabrda Kieran Lee klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu shartnoma asosida Kieran Lee klub safida 2023-yilgacha qoladigan boʻldiBWFC: „New Deals For Key Quartet“.
Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaAngliya kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarManchester United2006—2007Angliya Premer-ligasi10002100312007—2008Angliya Premer-ligasi00-000000Jami1000210031Queens Park Rangers (ijara)2007—2008Angliya chempionati7010--80Oldham Athletic2008—2009Angliya Birinchi ligasi701010101002009—2010Angliya Birinchi ligasi2411000102612010—2011Angliya Birinchi ligasi4320010104522011—2012Angliya Birinchi ligasi432401050532Jami11756030801345Sheffield Wednesday2012—2013Angliya chempionati2302010-2602013—2014Angliya chempionati2613000-2912014—2015Angliya chempionati3361000-3462015—2016Angliya chempionati4352041315272016—2017Angliya chempionati2650000202852017—2018Angliya chempionati1530000-1532018—2019Angliya chempionati200000-202019—2020Angliya chempionati2802000-300Jami19620100515121622Bolton Wanderers2020—2021Angliya Ikkinchi ligasi202---2022021—2022Angliya Birinchi ligasi2552020113062022—202392002010122Jami5492040216010Umumiy3753519014215242339
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari