Jordi Codina Rodriguez () (1982-yil 27-aprelda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi. Jordi Rodriguez faoliyati davomida darvozabon sifatida oʻynagan.
Klublardagi oʻyin faoliyati Kataloniyaning Barselona shahrida tugʻilgan Jordi Rodriguez „Real Madrid“ klubiga 2002-yilda 20 yoshida qoʻshilgan. Bu vaqtgacha Jodi Codina mahalliy „Espanyol“ RCD yoshlar tizimida tarbiyalangan.Jodi Codina professional foliyatidagi debyut oʻyinini ikkinchi divizionda 2005—2006-yilgi mavsumda „Sporting de Gijón“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
2007—2008-yilgi mavsum boshida Jodi Codina „Real Madrid“ klubining asosiy tarkibiga Iker Casillas va Jerzy Dudekdan keyin uchinchi oʻrindagi darvozabon sifatida koʻtarildi. Jodi Codina 2008-yilning 18-mayida „Levante UD“ klubiga qarshi „Real Madrid“ klubi oʻz uyida 5:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynab, klub safidagi ilk va yagona rasmiy oʻyinini oʻtkazdiReal Madrid 5-2 Levante ; ESPN Soccernet, 18 May 2008.
2009-yil 2-iyulda Jodi Codina Madriddagi La Liga jamoasi „Getafe“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladiEl Getafe llega a un acuerdo con el Real Madrid por Codina (Getafe reach agreement with Real Madrid for Codina); Marca, 29 June 2009 (in Spanish). Oʻzining debyut mavsumida va keyingi mavsumda Jodi Codina doimo argentinalik Oskar Ustari bilan birinchi raqamli darvozabon maqomi uchun kurashdiGetafe: „Este año Ustari y yo hemos estado mejor“, indica Codina (Getafe: „This year Ustari and i performed better“, Codina notes); Goal, 17 February 2011 (in Spanish).
Jodi Codina 2015-yil iyun oyida shartnoma muddati tuganidan soʻng klub bilan xayrlashdiOs deseamos lo mejor (We wish you the best) ; Getafe CF, 3 June 2015 (in Spanish). Shundan soʻng, Jodi Codina Kiprning „APOEL“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2016-yilning 7-yanvarida, birorta ham raqobatbardosh oʻyinlarda qatnasha olmaganidan soʻng, Jodi Codina birinchi diviziondagi „Pafos FC“ klubi tarkibiga olti oylik ijara asosida qoʻshildi.
2016-yilning 16-iyulida Jodi Codina oʻzaro kelishuv asosida „APOEL“ klubi bilan aloqalarini uzdi. Koʻp oʻtmay, Jodi Codina „CF Reus Deportiu“ klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻlgach, Ispaniyaga qaytib keldi.
Keyinchalik, Jodi Codina oʻz mamlakatining quyi ligalarida, „CF Fuenlabrada“ klubi va „CD Móstoles URJC“ klublari bilan faoliyatini davom ettirdi.
Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaKubukMintaqaBoshqaUmumiyDivisionOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarReal Madrid B2002—2003B divizion130———1302003—2004B divizion150———1502004—2005B divizion60——10702005—2006B divizion100———1002006—2007B divizion350———350Umumiy790——10800Real Madrid2005—2006La Liga000000—002007—2008La Liga10000000102008—2009La Liga0000000000Umumiy1000000010Getafe2009—2010La Liga22030——2502010—2011La Liga2300010—2402011—2012La Liga2020——402012—2013La Liga7020——902013—2014La Liga9040——1302014—2015La Liga5030——80Umumiy68014010—830APOEL2015—2016Kipr birinchi divizioni0000000000Pafos (ijara)2015—2016Kipr birinchi divizioni16020——180Reus2016—2017B divizion0010——10Fuenlabrada2017—2018B divizion10030——130Umumiy174020010101960
Manbalar
Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar