link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/97/Taisetsu_Volcano_Group_Relief_Map_%28B%29%2C_SRTM-1.jpg/290px-Taisetsu_Volcano_Group_Relief_Map_%28B%29%2C_SRTM-1.jpg|thumb|290x290px| Taisetsu vulqon guruhi Yaponiyaning Xokkaydo shahridagi keng kalderasidan uzoqlikda joylashgan Vulqonlar guruhi hisoblanadi. Uning nomi ainu tilida Nutapukaushipe („daryo ustidagi togʻ“ degan maʼnoni anglatadi) deb nomlanadi, shuningdek, mazkur vulqonlar guruhi Nutaku Kamushupe yoki Optateske nomi bilan ham tanilgan. Bu choʻqqilar Xokkaydodagi eng baland choʻqqilar hisoblanadi. Guruh oʻz nomini vulqon guruhi joylashgan hudud Daisetsuzan milliy bogʻiga ham bergan. Daisetsuzan vulqon guruhi tarkibida 20 ga yaqin faol harakatdagi statovulqonlar joy olgan. Ulardan eng balandi Asahi togʻi boʻlib, uning balangligi 2290 metr (7.510ft) ga teng boʻlgan statovulqondir. Shuningdek guruhda Hakuun togʻi (2.230 metr (7.216.3 ft)) va Hokuchin togʻi (2.244 metr (7.362 ft)) singari baland lava gumbazlari ham joy olgan.
Geografiyasi Daisetsuzan vulqon guruhi Daisetsu-Tokachi grabenining shimoliy chekkasida Olov halqasining Kuril yoyida joylashgan. Vulqon zonasi oʻzini bir qator fumarollar va tabiiy issiq buloqlar bilan ham juda mashhur. Daisetsuzan vulqon guruhi tarkibida faol va nofaol vulqonlar, stratovulqonlar, kalderalar hamda lava gumbazlari boʻlgan choʻqqilar joy olgan. Ularning orasida eng past choʻqqisidan biri bu 1.938 metrlik (6.235 ft) lava gumbazi Keigetsu togʻi hisoblanadi. Daisetsuzan vulqon guruhi harakati favqulodda holatlarni oldini olish maqsadida Yaponiya vulqonlarni tadqiq qilish markazi tomonidan nazoratga olingan.
Togʻlarning balandligi boʻyicha roʻyxati Quyidagi choʻqqilar Daisetsuzan vulqon guruhini tashkil qiladi: Nomi Balandligi Turi stratovulqon lava gumbazi Xakuun lava gumbazi stratovulqon Pippu vulqon kaldera cheti stratovulqon kaldera cheti vulqon kaldera cheti lava gumbazi kaldera cheti vulqon stratovulqon stratovolqon - - lava gumbazi stratovolqon lava gumbazi
Yana qarang
Yaponiyaning 100 ta tovush manzarasi Yaponiyada turizm Yaponiyadagi vulqonlar roʻyxati
Manbalar
Adabiyotlar
Xokkaypediya, Daisetsuzan togʻlari, oxirgi kirish 2008 yil 2 iyul. Teikoku Yaponiyaning toʻliq atlasi, Teikoku Shoin Co., Ltd, Tokio 1990,
Havolalar
Taisetsuzan — Yaponiya meteorologiya agentligi Taisetsuzan: Yaponiyadagi faol vulqonlarning milliy katalogi — Yaponiya meteorologiya agentligi Taisetsu vulqon guruhi — Yaponiya geologik xizmati Taisetsuzan — Smitson instituti: Global vulkanizm dasturi
Turkum:Hokkaido vulqonlari