Yeferson Julio Soteldo Martínez () — 1997-yil 30-iyunda Venesuelada tugʻilgan. Futbolchi, „Santos“ klubi va Venesuela terma jamoasida yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritadi.

Jamoalardagi faoliyati Yeferson Soteldo faoliyatini „Samora“ klubida boshlagan. 2013-yilning 16-sentabr kuni „Atletico Venesuela“ga qarshi o‘yinda u Venesuela Primerasida debyut qildi. 2015-yil 29-yanvarda „Carabobo“ga qarshi bahsda Yeferson Soteldo „Zamora“ uchun birinchi golini urdi. Yilning ikkinchi yarmida u oʻn ikkita gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.

2017-yil boshida Yeferson Soteldo Chilining „Huachipato“ga koʻchib oʻtdi. 17-fevral kuni Universidad de Chili bilan oʻyinda u Chili Primerasida debyut qildi. 6-avgust kuni „Audax Italiano“ga qarshi kechgan bahsda Yeferson Soteldo „Huachipato“ uchun birinchi golini urdi.

2018-yil boshida Soteldo „Universidad de Chili“ga ijaraga oʻtdi. 4 fevral kuni „Unión Española“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi. 7-aprel kuni „Curicó Unido“ga qarshi bahsda Yeferson Soteldo „Chili Universidad“ safidagi ilk golini urdi.

Xalqaro karyerasi 2016-yil 3-fevral kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Yeferson Soteldo Venesuela terma jamoasi safida debyut qildi.

2017-yilda Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Yeferson Soteldo Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Peru, Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, Braziliya va ikki marta Urugvay va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Kolumbiyaliklar, ekvadorliklar va urugvayliklarga qarshi janglarda Yeferson uchta gol urdi.

Oʻsha yili Yeferson Soteldo Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Turnirda u Germaniya, Vanuatu, Meksika, Yaponiya, Urugvay va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Yeferson Soteldo Venesuela terma jamoasida jarohat olgan Adalberto Penarandani oʻrniga 2019-yilgi Kopa Amerikaga yoʻl oldi.

U 2021-yilgi Amerika kubogi tarkibiga kiritildi.

Statistikasi +Jamoa  MavsumLiga     KubogKontinentalMilliy kubogJami Oʻyin Gol OʻyinGol OʻyinGol OʻyinGol OʻyinGolZamora2013-2014300000—302014-20152730050—323201521123021—261320163361141—388Jami842141112—9924Huachipato2016-20178000——80201714274——216Jami22274——296Universidad de Chile (ljara)20182656250—377Santos201932981219151122020244201129146720210000513081Jami561310118421210520Toronto FC20212432100—264Tigres UANL2021-20221610000—1612022-2023300000—30Jami1910000—191Santos (ljara)202270———70Umumiy karyerasida2384529934621232262

Xalqaro statistika +Milliy terma jamoaMavsumOʻyinGollarVenezuela201630201730201991202030202151202270Jami302

+No.SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa119-noyabr 2019Panasonic Stadium Suita, Suita, Yaponiya4-04-12019 Kirin Challenge Cup22-sentabr 2021UCV Olimpiya stadioni, Karakas, Venesuela1-31-32022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari

Venesuela chempioni (3): 2013-2014, 2015-2016 Braziliya vitse-chempioni (1): 2019-yil Libertadores kubogi finalchisi (1): 2020-yil Yoshlar oʻrtasidagi jahon vitse-chempioni (1): 2017-yil Janubiy Amerika yoshlar chempionatining bronza medali sovrindori (1): 2017-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Venesuelalik erkak futbolchilar