Alxa ligasi yoki Alashàn ligasi (Alshaa viloyati) — Ichki Moʻgʻulistonning 12 ta prefektura darajasidagi boʻlinmalaridan biri. Alxa ligasi shimolda Mo'g'uliston, shimoli-sharqda Bayan Nur, sharqda Wuhai va Ordos, janubi-sharqda Ningxia, janub va gʻarbda Gansu shahrlari bilan chegaradosh. Alxa ligasi poytaxti — Bayanhot shahri. Alxa ligasi aholisi mongol tilining Alasha dialektida soʻzlashadi.

Demografiyasi 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish roʻyxatida Alxa ligasi hududida 231,334 nafar aholi roʻyxatga olingan. Alxa — Ichki Moʻgʻuliston avtonom viloyatining eng kam aholi yashaydigan hududi.

Alxa ligasi hududiga Tengger choʻlidan bir qancha aholi koʻchirilganHaner, Josh, et al. (24 October 2016). Living in Chinaʼs Expanding Deserts, The New York Times. Etnik guruh Aholi soniFoizda Han 140 900 71,79 % Mongollar 44 630 22,74 % Hui 9331 4,75 % Manjurlar 952 0,49 % tibetliklar 146 0,07 % Tu 68 0,03 % Daur 67 0,03 % Boshqalar 185 0,09 %

Iqtisodiyoti Alxa ligasida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ulushi butun Xitoy profekturalari orasida eng yuqori oʻrinda turadi. 2013-yilda aholi boshiga yalpi ichki mahsulot ulushi taxminan 30 000 AQSh dollarini tashkil etdi. Mintaqada boylik bir tekis taqsimlanmagan va mahalliy aholi sonining kamligi tufayli statistik maʼlumotlar hamisha oʻzgarib turadi. Samarali iqtisodiy faoliyatning katta qismi mintaqada faoliyat yurituvchi, tabiiy resurslarni qazib oluvchi bir qancha yirik kompaniyalar homiyligida amalga oshiriladi. Bunday kompaniyalar orasida „China Kingho“ korporatsiyasining „clean coal“ texnologik operatori va Ichki Moʻgʻulistonda joylashgan „Taiximei Group“ kabilar mavjud. Alxa ligasi uzoqda joylashganligi sababli, iqtisodiy faoliyatning katta qismi Xitoyning boshqa qismlaridan kelgan mehnat muhojirlari koʻmagida amalga oshiriladi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsulotning yuqoriligi Xitoyning boshqa shaharlaridan kelib ishlovchi muhojirlar oyligiga taʼsir qilmaydi.

Maʼmuriy boʻlinmalar Alxa ligasi uchta bannerga boʻlingan: Xarita</div>NomiMoʻgʻul tilidaXitoy tilidaHanyu PinyinAholisi (2010)Maydoni (km²)Zichlik (/km²)Alxa Left Banner(Alxa Jun Banner)173,49480,4122.15Alxa Right Banner(Alxa Barun Banner)25,43072,5560.35Ejin Banner32,410114,6060.28

Yana qarang

Jiuquan sunʼiy yoʻldoshni ishga tushirish markazi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Xitoy aholi punktlari Turkum:Ichki Mongoliya