Janubiy kit shaklidagi delfin () — Lissodelphis jinsiga mansub delfinlarning kam oʻrganilgan turihttps://www.zoopicture.ru/yuzhnye-kitovidnye-delfiny/. Peronii nomi bu delfinni 1802-yilda kash qilgan Fransua Peron sharafiga berilganhttps://www.zoopicture.ru/yuzhnye-kitovidnye-delfiny/.
Tavsif Janubiy kit shaklidagi delfinning orqa qanoti yoʻq. Tana uzunligi 1,8 metr dan 2,9 metrgacha. Voyaga yetgan delfinning vazni 60 dan 113 kg gacha bo‘ladi. Yangi tugʻilgan delfinlarning vazni nomaʼlum, ammo, yangi tugʻilgan delfinning uzunligi 1 metrni tashkil etadi. Ularning tishlari 39 — 50 juft boʻlib, ularning koʻp qismi pastki jagʻda joylashgan. Shimoliy kit shaklidagi delfindan farqli oʻlaroq, tanasining koʻp qismi oq rangga ega. Peshonasidan quyrug‘igacha boʻlgan tanasining yuqori yarmi qora, pastki qismi esa oq rangga egahttps://www.zoopicture.ru/yuzhnye-kitovidnye-delfiny/. 2 yoshgacha delfinlar kulrang tusga ega boʻladilar.
Biologiya Janubiy kit shaklidagi delfinlar poda hayvoni hisoblanadi. Guruhlarda, odatda 2 dan 100 tagacha delfinlar, ov qilishda mingga yaqin delfinni jalb qilish mumkinhttps://pikabu.ru/story/yuzhnyiy_kitovidnyiy_delfin_9504978. Baʼzan boshqa turlar bilan birga yashaydilarhttps://pikabu.ru/story/yuzhnyiy_kitovidnyiy_delfin_9504978. Delfinlarning 14 turi boʻlgan galalar maʼlum. Asosan baliq, kalmar va miktofidlarni isteʼmol qiladi. Ular harorati 1° — 20°C gacha bo‘lgan janubiy yarim shar suvlarida yashaydihttps://pikabu.ru/story/yuzhnyiy_kitovidnyiy_delfin_9504978.
Odamlar bilan munosabatlar Chili va Peruda ular qisqichbaqalar uchun oʻlja yoki odamlar uchun tansiq taom sifatida tutiladi. Ular, shuningdek, nayzatumshuq balig‘i ovlanuvchi toʻrlarga ham tushadihttps://www.zoopicture.ru/yuzhnye-kitovidnye-delfiny/.
Tabiiy kushandalari Akulalar va qotil kitlar bu turdagi delfinlarning tabiiy dushmanlardirhttps://www.zoopicture.ru/yuzhnye-kitovidnye-delfiny/. Trematodalar ularning quloqlarida parazit boʻlib, oʻlimga olib keladihttps://www.zoopicture.ru/yuzhnye-kitovidnye-delfiny/.
Manbalar