Son Chju-hun (1994-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, hozirda K Ligada Gimcheon Sangmu jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Son Chju hun 2014-yil 16-yanvarda Yaponiyaning Albirex Niigata futbol klubiga qo‘shilgunga qadar. Janubiy Koreyadagi Konkuk universiteti jamosida futbol o‘ynagan. Son oʻzining debyutini 2014-yil 30-avgustda Gamba Osakaga qarshi 5:0 hisobidagi magʻlubiyat bilan yakunlangan liga oʻyinida oʻtkazgan. Oʻsha oʻyindan soʻng u oʻyinlarda kam maydonga tushgan va ikkinchi darajali Mito Xolli Xok klubiga ijaraga berilgan. Jamoaga qaytgach, u oʻzini jamoada kuchli futbolchi sifatida koʻrsatgan, biroq u 2017-yil J1 ligasi mavsumi oxirida Son jamoasi bilan ikkinchi divizionga tushib ketgan.

2019-yilning 10-yanvarida Son Albirex Niigata bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng, Janubiy Koreyaga qaytib, yuqori diviziondagi Gyeongnam klubiga o‘tgan. 2019-yil 9-iyulda Son Xitoyning „Tianjin Tianhai“ klubiga o‘tgan. 2020-yil iyul oyida Son Shenzhen FC bilan olti oylik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati Son Chju Hun 2013-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Janubiy Koreya U-20 terma jamoasi sharafini himoya qilgan, musobaqa davomida u beshta oʻyinda qatnashgan va bir gol muallifiga aylangan. Janubiy Koreya terma jamoasi chorak finalda Iroqqa penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan.

U 2017-yil 10-oktyabrda Marokashga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Janubiy Koreya terma jamoadagi debyutini o‘tkazgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAlbirex Niigata2014J1 Ligasi201030-602015000000-0020172701030-3102018J2 Ligasi23000--230Jami520206000600Mito HollyHock (Ijara)2015J2 Ligasi8020--100201619100--191Jammi271200000291Gyeongnam2019K Liga 19010-40140Tianjin Tianhai2019Xitoy Super Ligasi14210--152Shenzhen2020Xitoy Super Ligasi13010--140Jeju United2021K Liga 10000--00Gimcheon Sangmu2021K Liga 23010--40Karyerada jami11838060401363

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2017-yil 1 0 Jami 1 0

Yutuqlar

Xalqaro Janubiy Koreya U-23

Qirol kubogi : 2015-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar