„Ne boysya“ (, yaʼni „Qoʻrqma“) — rus xonandasi Yuriy Shatunov ijro etgan qoʻshiq. 2004-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiq matnini Sergey Kuznetsov, musiqasini esa Shatunov yozgan. Tarona Shatunovning „Yesli xochesh... Ne boysya“ (2004) nomli toʻrtinchi studiyaviy albomiga birinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, xonandaning „Ne molchi“ (2018) albomidan „Ne boysya“ qoʻshigʻining remiksi oʻrin olgan. Qoʻshiq bugunga qadar Rossiyada hamda qoʻshni respublikalarda mashhur boʻlib keladi.
„Ne boysya“ qoʻshigʻi uchun rejissyor Aleksandr Igudin klip suratga olgan. Unda bir-birini sevib qolgan ikki maqtab oʻquvchisi qismati tasvirlangan. Bosh rollarni Nikita Polyakov hamda Yelizaveta Vavilina oʻynagan. Klip 2004-yilning mayida eʼlon qilingan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yuriy Shatunov qoʻshiqlari Turkum:Sergey Kuznetsov qoʻshiqlari Turkum:2004-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar