Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi () xalqaro ayollar futbolida Albaniya sharafini himoya qiladi. Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyati shtab-kvartirasi Tirana shahrida joylashgan Albaniya Futbol Uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi. Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi UEFA konfederatsiyasi tarkibiga kiradi va shu vaqtga qadar ikkita yirik professional turnirda (FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari) ishtirok etgan.

Albaniyada ayollar futboli uzoq vaqtlarga qadar eʼtiborsiz qoldirilgan. Xususan, birinchi Albaniyadagi qayd etilgan turnir 2007-yilda, (2009-yilda mamlakatdagi yagona ayollar ligasi boʻlgan Albaniya ayollar milliy chempionatin tashkil qilingandan atigi 2 yil oldin) boʻlib oʻtgan. Lekin asta-asta ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligi oshishi natijasida 2011-yilda Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi tashkil etilgan. Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Shimoliy Makedoniya ayollar milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilishgan va oʻsha oʻyin 1:0 hisobidagi Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlangan.

Hozirgi Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi Armir Grimaj hisoblanadi. U 2011-yildan 2016-yilgacha jamoani boshqargan Altin Rraklli o‘rniga 2016-yilda bu lavozimga tayinlangan.

Tarixi Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilda tashkil etilgan va 2011-yil 5-may kuni Gjorgji Kychyku stadionida Shimoliy Makedoniya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. Uchrashuv 1:0 hisobida Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining ilk g‘alabasi bilan yakunlandi va yarim himoyachi Aurora Seranaj Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun birinchi golni urdi.

2011-yil oxiriga kelib Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Albaniya ichki ligasi jamoalaridan (xususan, Furtuna Velaj, Dafina Memedov, Ellvana Curo, Elizabeta Ejupi, Arjeta Krasniqi and Arbnora Robelli) ayol futbolchilarni oʻz tarkibiga olish bilan o‘z tarkibini kuchaytirib bordi. Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Struga shahrida safarda Makedoniya ayollar terma jamaosi ustidan ikkinchi gʻalabasi bilan yilni (2011-yilni) yakunladi. Shimoliy Makedoniya ayollar milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan ikkinchi gʻalaba hozirda Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining eng yirik gʻalabasi hisoblanadi.

2012-yil 15-may kuni Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Barda shahrida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan to‘qnash keldi va oʻsha oʻyinda 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Uch kundan soʻng Albaniya jamoasi Chernogoriyaga qarshi revansh oʻyinida Shkoder shahridagi Loro Borici stadionida 4:3 hisobida yana gʻalaba qozondi.

22-may kuni Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Makedoniya ayollar terma jamoasi bilan toʻqnash keldi va Suada Jasharining 2 ta goli evaziga 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi shu paytgacha faqat 5 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan, 15 ta gol urgan va 6 ta gol o‘tkazib yuborgan. 29-avgust kuni Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Drama shahrida oʻtkazilgan norasmiy futbol turnirida ishtirok etdi. Milliy terma jamoa Amazons Drama jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi va Gretsiya ayollar milliy terma jamoasiga 0:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Jamoa tasviri

Sport toʻplamlari

Sport toʻplamlari homiylari roʻyxati Homiy tashkilotlar Homiylik davri Legea 2011-yil Adidas 2011-2016 Makron 2016 — hozirgi kungacha

Jamoaning uy stadioni Elbasan Arena stadioni hozirda Albaniya ayollar milliy futbol jamoasining milliy stadioni hisoblanadi. Mamlakatdagi ilk uy uchrashuvi 2011-yilning may oyida Pogradec shahridagi Gjorgji Kychyku stadionida bo‘lib o‘tgan. Qurilish tugallangandan soʻng, Tirana shahridagi Milliy arena Albaniya milliy erkaklar va ayollar terma jamoasining uy stadioni boʻldi.

2013-yil noyabrida „Qemal Stafa“ stadioni xalqaro standartlarga javob bermagani uchun FIFA tomonidan yopilgan edi. Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilda Gretsiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinlari va Yevropa ayollar chempionati saralash bosqichida ayollar trema jamoaslari bilan uy uchrashuvlarini Fier shahridagi Loni Papuchiu stadionida oʻtkazishgan. „ Qemal Stafa“ stadionida, shuningdek, 2015-yil 27-noyabr kuni Fransiya — Albaniya o‘yini bo‘lib o‘tgan.

Murabbiylar shtabi

Hozirgi murabbiylar shtabi Lavozimi Ismi Man. Bosh murabbiy Vioresin Sinani

Bosh murabbiylar tarixi

Altin Rraklli (2011-yil 5-aprel — 2016-yil 16-aprel) Armir Grimaj (2016-yil 22-aprel -hozirga qadar)Rraklli largohet nga stoli i Kombëtares së femrave, ja kush e zëvendëson

Oʻyinchilar

Hozirgi tarkib 2021-yil 25 va 30-noyabr sanalarida Norvegiya ayollar milliy futbol terma jamoasi va Kosovo ayollar milliy futbol terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda quyidagi futbolchilar Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 27-noyabr holatiga koʻra berilgan.

Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi natijalari

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Albaniya terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Albaniya terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi 1991-yil Kiritilmadi Kiritilmadi 1995-yil 1999-yil 2003-yil 2007-yil 2011-yil 2015-yil Saralashdan oʻta olmadi 6/6 13 3 1 9 8 56 −48 2019 4/5 11 3 2 6 9 25 −162023-yil Aniqlanmoqda Jami 0/9 - - - - - - - Jami 24 6 3 15 17 81 −64

UEFA ayollar chempionati UEFA ayollar chempionatida Albaniya terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Albaniya terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi 1984-yil Kiritilmadi Kiritilmadi 1987-yil 1989-yil 1991-yil 1993-yil 1995-yil 1997-yil 2001-yil 2005-yil 2009-yil 2013-yil 2017-yil Saralashdan oʻta olmadi 5/5 8 0 0 8 3 31 −28 2021-yil Saralashdan oʻta olmadi 4/5 8 2 0 6 7 21 −14 Jami 0/11 - - - - - - - Jami 16 2 0 14 10 52 −42

Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha uchrashuvlar roʻyxati

Raqib terma jamoaOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar farqi200208−82002210−82002111−112002012−125203612−6100106−6110032−1110020 +2Lyuksemburg220042 +24301105 +52020110320186 +22002114−132002018−183003111−10201125−3200206−62101110200206−619 Countries411132739134−95

Yana qarang

Albaniyada sport Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt FIFA profili