Loral OʻHara (talaffuzi: Loʻrel Oʻhara 1983-yil 3-mayda tugʻilgan) - amerikalik muhandis va NASA astronavti.

Erta hayot va ta'lim Loral Eshli OʻHara 1983-yil 3-mayda Xyustonda (Texas ) Sindi va Stiv OʻHara oilasida tugʻilgan. U Texasning Sugar Land shahrida oʻsgan. Loral Klements oʻrta maktabida oʻqigan. U 2005-yilda Kanzas universitetida aerokosmik muhandislik fanlari bakalavri va 2009-yilda Purdue universitetida aeronavtika va astronavtika fanlari magistri darajasini oldi. OʻXara talaba boʻlganida KC-135 parvozi dasturida qatnashgan.

Muhandislik faoliyati OʻHara Oklaxoma shtatidagi Rocketplane Limited kompaniyasida ishlagan. 2009-yilda OʻXara Woods Hole Okeanografiya Institutida ishlay boshladi. U DSV Alvin suv osti kemasini modernizatsiya qilishda qatnashgan va Jeyson kampaniyasi uchun muhandis boʻlib ishlagan.

NASA faoliyati OʻHara ilgari Goddard kosmik parvozlar markazidagi NASA akademiyasida qatnashgan va Jet Propulsion Laboratory'da amaliyot oʻtagan. 2017-yil iyun oyida u astronavt nomzodi sifatida tanlandi va avgust oyida mashgʻulotlarni boshladi. 2020-yil 10-yanvarda OʻXara NASA astronavt nomzodlik dasturini tugatdi va koinotga parvoz qilish huquqiga ega boʻldi.

2022-yil 15-iyulda NASA Loralni “Soyuz MS-23” bortida uchishini eʼlon qildi.

Shaxsiy hayot OʻHara xususiy uchuvchi, sertifikatlangan tez tibbiy yordam boʻyicha mutaxassis va choʻlda birinchi yordam koʻrsatuvchi hisoblanadi. U sayohat qilishni, suvga shoʻngʻishni, uchishni, changʻi uchishni, piyoda sayr qilishni, gʻor qazishni, kitob oʻqishni va rasm chizishni yaxshi koʻradi.

Mukofot va unvonlar 2008-yilda OʻHara Milliy Fan Jamgʻarmasi Bitiruvchi tadqiqot stipendiyasiga sazovor boʻldi. 2015-yilda u TEDx New Bedford ko‘rgazmasiga ma’ruzachi sifatida taklif etilgan.

Manbalar

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik fazogirlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:NASA Turkum:Fazo