Édgar Yoel Bárcenas Herrera () 1993-yil 23-oktabrda Panamada tavallud topgan. Panamalik futbolchi „Tijuana“ klubi va Panama terma jamoasi yarim himoyachisi.

Jamoalardagi faoliyati Yoel Bárcenas futbolchilik faoliyatini Panamaning „Arabe Unido“ klubida boshlagan. 2012-yilning 29-iyulida u Panama chempionatida debyut qildi va 75-daqiqada „Plaza Amador“ga qarshi kechgan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi. 2014-yil 1-fevralda Édgar Yoel Bárcenas Herrera oʻzining ligadagi birinchi golini „San Francisco“ga qarshi uy uchrashuvida kiritishga muvaffaq boʻldi. 2016-yil yanvar oyi oxirida futbolchi Xorvatiya chempionatining „Split“ klubiga olti oyga ijaraga oʻtdi. 2017-yil yanvar oyi oxirida u Meksikaning ikkinchi divizioni „Kafetaleros de Tapachula“ klubiga bir yilga ijaraga oʻtdi.

2017-yil 26-dekabr kuni Meksikaning oliy ligasi klubi „Tijuana“ 2018-yil yozida Édgar Yoel Bárcenas Herrera bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2018-yilning 18-iyulida u 2018/19-yilgi mavsum uchun Ispaniya Segundasining „Real Oviedo“ klubiga ijaraga berildi.

Terma jamoadagi karyerasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/3/3e/PAN-TUN_%2810%29_%28cropped%29.jpg|thumb| Panama terma jamoasida Bárcenas|310x310px 2014-yil 6-avgust kuni Édgar Yoel Bárcenas Herrera Panama terma jamoasida Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.

Futbolchi JCh-2018da ishtirok etgan.

Édgar Yoel Bárcenas Herrera 2019-yilgi KONKAKAF oltin kubogi uchun Panama terma jamoasiga kiritildi. Guruh bosqichida Trinidad va Tobago terma jamoasiga qarshi birinchi o‘yinda u 68-daqiqada gol urdi va jamoa bilan birgalikda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yutuqlari

Arabe Unido

Panama chempioni (4 karra): 2012 (apertura), 2015 (klausura), 2015 (apertura), 2016 (apertura)

Kafetaleros de Tapachula

Chempion Assenso MX (1 marta): 2017/18

Statistika JamoaMamlakatMavsumOʻyinlariGollariC. D. Árabe Unido2012-20159115R. N. K. Split (ijara)201680C. D. Árabe Unido2016183Cafetaleros de Tapachula (ijara)2017-20184915Real Oviedo (ijara)2018-20207214Girona F. C. (ijara)2020-2021434C. D. Leganés (ijara)2021-2022272Mazatlán F. C.2022-60Umumiy karerasida2012-hozirgacha31453

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Panamalik erkak futbolchilar