link=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/31/Opponents_of_Japan_women%27s_national_football_team.png/220px-Opponents_of_Japan_women%27s_national_football_team.png|thumb|Futbol boʻyicha Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining butun dunyodagi asosiy raqib terma jamoalari (yoki Nadeshiko Japan nomi bilan ham tanilgan (yaponcha: なでしこジャでしこジャャパこジャャパパジャパパこジャパパ,)) xalqaro maydonda Yaponiya sharafini himoya qiladi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya futbol assotsiatsiyasining tomonidan boshqariladi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining eng muvaffaqiyatli ayollar terma jamoasi hisoblanadi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingidagi eng yuqori koʻrsatkichi 2011-yil dekabrida erishilgan 3-oʻringa chiqqanidir (jahon boʻyicha).

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini magʻlub etdi va shu tariqa oʻzining birinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, bu natijasi bilan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Osiyo ayollar futbol terma jamoasi boʻldi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida va 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi va bu xalqaro chempionatlarda uchta umumiy medalga ega boʻlgan yagona Osiyo jamoasiga aylandi. Shuningdek, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014 va 2018-yillardagi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi, 2010 va 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari hamda 2008, 2010 va 2019-yillardagi EAFF futbol chempionatlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Mukofotlari Qit'alararo FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati Chempionlar - 2011-yil G'oliblar - 2015-yil Osiyo o'yinlari Chempionlar - 2010-il , 2018-yil G‘oliblar: 1990 - yil, 1994 -yil , 2006 -yil , 2014 -yil Boshqa turnirlar: Chempionlar: 2008-yil, 2010-yil, 2019-yil, 2022-yil G‘oliblar: 2013-yil, 2017-yil Algarve kubogi G‘oliblar: 2012-yil, 2014-yil

Tarixi 1970-yillardan boshlab Yaponiyada ayol futbolchilar va jamoalar soni ortib bordi va bu jamoalar Yaponiyaning turli qismlarida mintaqaviy ligalarni tashkil qilishdi. 1977-yilda Yaponiya terma jamoasi oʻzining birinchi xalqaro turniri boʻlgan 1977-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi. Ammo, bu Yaponiya terma jamoasi milliy jamoa emas edi, Yaponiya futbol assotsiatsiyasi FC Jinnanni klub jamoasini,Yaponiya nomidan oʻynaydigan jamoasi sifatida yuborgan edi. 1980-yilda „ Ayollar futboli boʻyicha Butun Yaponiya chempionati“ boʻlib oʻtdi. 1981-yilda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi 1981-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionati qatnashishi uchun birinchi milliy terma jamoani tuzdi va Seiki Ichixara Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi (vaqtinchalik) bosh murabbiyi boʻldi. Ushbu turnirdagi 7-iyun kuni Xitoy Taypeyi terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarixidagi ilk oʻyin hisoblanadi.

1986-yil yanvar oyida Ryohei Suzuki Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun birinchi doimiy bosh murabbiy boʻldi. Dekabr oyida Yaponiya ayollar oʻrtasidagi 1986-yilgi Osiyo chempionatida 2-oʻrinni egalladi. 1989-yilda „Yaponiya ayollar futbol ligasi“ (qisqacha „L. Liga“) tashkil etildi va Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1991-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan „FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati“ga yoʻllanma oldi.

Pasayish davri Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1996-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari va 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati kabi turli chempionat turnirlarida qatnashdi. Biroq, 1999-yilda Yaponiya 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok eta olmadi va bu iqtisodiy turgʻunlikka (Yoʻqotilgan oʻn yillik) va L. Ligasidan (Yaponiya ayollar milliy futbol ligasi) bir qator jamoalarning chiqib ketishiga sabab boʻldi. Yaponiya ayollar futboli tanazzul yoqasida kelib qoldi.

Koʻtarilish davri 2002-yilning avgust oyida Yaponiya futbol assotsiatsiyasi Makao milliy futbol jamoasiga murabbiylik qilgan Eiji Uedani Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining yangi bosh murabbiy etib tayinladi. Yaponiya futbol mutasaddilari bu bilan ayollar futboli jonlanishini kutishgan va 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun jamoani qayta tashkil etishni rejalashtirishgan. Jamoa dastlab magʻlubiyatga uchradi, lekin Ueda asta-sekin jamoani yaxshiladi va u oxir-oqibat Yaponiyada keng qoʻllab-quvvatlandi. Jumladan, 2004-yilgi Olimpiadada kim ishtirok etishini hal qilgan Koreya KXDRga qarshi oʻyin muxlislarni nafaqat „Milliy“ stadionga shoshilishdi, balki televizor orqali ham koʻp tomosha qildi.

Yaponiyada ayollar futboliga boʻlgan qiziqish ortganidan soʻng, Yaponiya futbol assotsiatsiyasi Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga taxallus tanlash uchun ommaviy tanlov uyushtirdi. „Nadeshiko Japan“ nomi 2700 ga yaqin takliflar orasidan tanlab olindi va bu nom Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining rasmiy nomi ekanligi 2004-yil 7-iyulida eʼlon qilindi. „Nadeshiko“, yaʼni chinnigulning bir turi „Yamato Nadeshiko“ iborasidan kelib chiqqan.

2003 va 2007-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2003-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Germaniya, Kanada va Argentina ayollar milliy terma jamoalari bilan oʻynadi. Lekin Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Argentinaga 6:0 hisobida, amaldagi chempion Germaniyaga 0:3, Kanadaga esa 1:3 hisobida magʻlub boʻldi va guruhda 4-oʻrinni egalladi.

Oldingi turnirdagi magʻlubiyatiga qaramay, 2007-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Germaniya, Argentina va Angliya ayollar terma jamoalari bilan toʻqnash kelishdi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi turnirni Angliya terma jamoasi bilan 2:2 hisobidagi durang bilan boshlashdi, keyin Argentina terma jamaosini 1:0 hisobida magʻlub etiishdi. Ammo amaldagi chempion Germaniya ayollar milliy terma jamoasidan 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan Yaponiya yana guruh bosqichidan chiqa olmadi.

Oltin davri

2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a0/Sele%C3%A7%C3%A3o_japonesa_agradece_o_apoio_da_torcida_%28DSC01105%29.jpg/200px-Sele%C3%A7%C3%A3o_japonesa_agradece_o_apoio_da_torcida_%28DSC01105%29.jpg|right|thumb|200x200px| Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi jahon chempionatidagi gʻalabadan keyin Tohokudagi zilzila va tsunami asoratlarini bartaraf etishda koʻrsatgan insonparvarlik yordami uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqdaJFA to show appreciation for support from football family FIFAJapan banner a global message FIFA Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2010-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida uchinchi oʻrinni egallab, 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Oʻz guruhida Angliya terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi chorak finalda ikki karra amaldagi chempion va mezbon Germaniya ayollar terma jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalda Shvetsiya ayollar terma jamoasini 3:1 hisobida osonlikcha magʻlub etib, finalga chiqdi.

Yakuniy oʻyin qoʻshimcha vaqtdan keyin ham 2:2 hisobida yakunlanganidan soʻng, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi penaltilar seriyasida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etib, FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan birinchi Osiyo jamoasi boʻldi. Bu vaoqea Yaponiya erkaklar terma jamoasi Yaponiya futbolidagi eng muvaffaqiyatli yil boʻlgan 2011-yilgi Osiyo Kubogida gʻalaba qozonganidan soʻng sodir boʻldi.

2012-yil yozgi Olimpiada oʻyinlari Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariga 2011-yil sentabr oyida, ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqanidan atigi 6 hafta oʻtgach, Osiyo saralashida birinchi oʻrinni egallab yoʻllanma olgan edi. Olimpiada oʻyinida oʻz guruhida Shvetsiya ayollar terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi chorak finalda Braziliyaiya ayollar terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi. Soʻngra Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Olimpiada boshlanishi oldidan oʻrtoqlik uchrashuvida yutqazgan Fransiya ayollar terma jamaosi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib finalga yoʻl oldi.

Jahon chempionati finalidagi magʻlubiyati uchun revansh xohlayotgan AQSh terma jamoasi bilan finalda toʻqnash kelgan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi bu safar 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Yaponiya terma jamoasining darvozasiga 8 va 54-daqiqalarda Carli Lloydga ikkita gol urdi. Yaponiya terma jamoasining yagona goliga Yuki Nagasato mualliflik qildi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a1/Nadeshiko.jpg/200px-Nadeshiko.jpg|right|thumb|200x200px| Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi, 2013-yil

2014-yilgi Osiyo kubogi 2011-yilda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozongan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014-yilgi Osiyo kubogida ishtirok etdi (hech qachon ushbu turnirda gʻolib boʻlmagan edi). Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo qirolichasi laqabi bilan tanilgan Avstraliya, mezbon Vyetnam va bu turnirda ilk bor qatnashayotgan Iordaniya ayollar terma jamoalari bilan bir guruhga tushishdi.

Turnirning guruh bosqichidagi ilk oʻyinida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi amaldagi chempion Avstraliyaga qarshi 2:2 hisobida durang oʻynashdi. Shuningdek, guruh bosqichida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi mezbon Vyetnam terma jamoasini 4:0 hisobida, Iordaniya terma jamoasini 7:0 hisobida magʻlub etib, toʻplar farqi yuqori boʻlgan holda guruhda birinchi oʻrinni egalladi. 

Yarim finalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi sakkiz karra Osiyo kubogi chempioni Xitoy milliy terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi. Finalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstraliya milliy terma jamoasi bilan yana bir bor toʻqnash keldi va Azusa Ivashimizuning goli evaziga 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Natijada, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta „Osiyo kubogi chempioni“ boʻldi. Shuningdek, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida gʻolib chiqqan birinchi Osiyo terma jamoasi boʻldi.  Turnirda birinchi oʻrinni egallaganligi sababli Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstraliya, Xitoy, Janubiy Koreya va Tailand milliy ayollar terma jamoalari bilan birga keyingi yili Kanadada boʻlib oʻtadigan 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/03/Here_they_come_%2819619476868%29.jpg/170px-Here_they_come_%2819619476868%29.jpg|thumb| 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yaponiya va AQSh terma jamoalari