Raxim Rajabovich Rajabov (1937-yil, Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani — 2020-yil 28-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat kotibi.
Tarjimai holi 1937-yilda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi Lenin nomidagi kolxozda xizmatchi oilasida tugʻilgan.
1960-yilda Toshkentdagi O‘rta Osiyo politexnika institutini tamomlagan. Institutni tugatgach, uni „Tashselmash“ zavodiga yuborishgan. Muhandis-konstruktor, texnolog, usta, tsex boshligʻi boʻlib ishlagan.
Soʻngra Paxtachilik uchun mashinasozlik davlat konstruktorlik byurosida tsex boshligʻi, Toshkent shahridagi Ittifoq Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi vazirligining Mashinasozlik boʻyicha Davlat byurosi boshligʻi, Respublika mahalliy sanoati Davlat maxsus badiiy konstruktorlik-texnologik byurosini boshqargan.
„Tashselmash“ ishlab chiqarish birlashmasi bosh muhandisi. Toshkent ekskavator zavodi direktori, „Algoritm“ zavodi direktori, Toshkentdagi „Mashxlopok“ davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori. Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi.
1990—1992-yillar davomida Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, 1992-yil may oyidan Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat kotibi. 1992-yil dekabr oyida Davlat kotibi lavozimi tugatilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari etib tayinlangan.
Manbalar
Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:28-sentyabrda vafot etganlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Buxoro viloyatida tugʻilganlar Turkum:Qorakoʻl tumanida tugʻilganlar