Yevgeniy Gennadyevich Kochnev (1992-yil 3-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi. Bangladeshning „Fakirapool YC“ jamoasi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati 2006—2008-yillarda „Mashʼal“ futbol klubi akademiyasi bitiruvchisi. 2009-yilda „Mash’al“ asosiy tarkibga oʻtib, yoshlar jamoasida 15 ta oʻyin oʻtkazgan. 2010-yilda birinchi ligada toʻp surgan „Buxoro“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2010-yilda klub Oʻzbekiston birinchi divizionida birinchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatiga chiqgan. 2015-yilda klubni tark etgan. 2015-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ klubida oʻynagan.
Keyingi yili birinchi ligadagi „Nurafshon“ klubiga oʻtib, 2017-yilgacha bir yarim yil shu klubda toʻp surgan. 2017-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Oʻzbekiston oliy divizioni ishtirokchisi Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida oʻtkazgan. 2018-yilda klubni tark etib, Hindistonning Gokulam Kerala klubi bilan shartnoma imzolagan.
2021-yildan 2023-yilgacha Bangladesh Uttar Baridhara klubida oʻynagan, 2024-yilda Bangladeshning Fakirapool YMC klubi bilan shartnoma imzolagan.
Shaxsiy hayot Yevgeniy taniqli murabbiy Gennadiy Kochnevning oʻgʻlidir.
Manbalar
Havolalar
Yevgeniy Kochnev Transfermarkt saytida Yevgeniy Kochnev Soccerway saytida Yevgeniy Kochnev Footballfactsru saytida
Turkum:3-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Nurafshon Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Gokulam Kerala FC futbolchilari Turkum:Fakirerpul yoshlar klubi futbolchilari Turkum:FC Baridhara futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Bangladeshdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar