Rustam Alijonovich Dadabayev ( 1982-yil 27-noyabr, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati „Chilonzor“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2000—2001-yillarda Toshkent „Paxtakor“ oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan.
2002-yilda u Rossiyaning ikkinchi divizioni „Selenga“ (Ulan-Ude) klubida oʻynagan va 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Oʻzbekistonga qaytib, quyi divizion klublarida, shu jumladan 2003-yilda „Shoʻrtan“ (Gʻuzor) takibida birinchi divizionda oʻynagan. Rustam 2006-yilda Toshkentning „Quruvchi“ tarkibida Oʻzbekiston birinchi divizioni gʻolibi boʻlgan, ammo klub oliy ligaga yoʻllanma qoʻlga kiritilgandan soʻng jamoani tark etgan.
2011-yilda u Qirgʻizistonning „Alay“ (Oʻsh) shahriga koʻchib oʻtgan va keyingi toʻrt mavsumni oʻtkazgan. Qirgʻiziston chempionati chempioni (2013) va bronza medali sovrindori (2012), Qirgʻiziston Kubogi gʻolibi (2013) sohibi boʻlgan. AFC Kubogi oʻyinlarida maydonga tushd. 2011-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Rustam Qirgʻiziston chempionati legionerlarining ramziy terma jamoasiga kiritilgan.
2015-yilda Oʻzbekiston qaytgan, bu safar Oqtepa klubida oʻynagan. Mavsum yakunida turnirning kumush medal sovrindori boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Rustam Dadabayev Footballfacts saytida futbolchi profili Rustam Dadabayev Soccerway saytida futbolchi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Buryatia Ulan-Ude futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:Oqtepa klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar