Hwang In-beom () (1996-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Gretsiya Superligasining „Olympiacos“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Hwangg Daejeon Citizen jamosi bilan 2015-yilda shartnoma imzolagan. U 30-may kuni Poxang Stilersga qarshi liga oʻyinida oʻzining birinchi golini urgan va Daejeon tarixidagi eng yosh toʻpurarga aylangan.
2019-yilning 30-yanvarida Hwangg 2021 va 2022-yilgi mavsum uchun Vancouver Whitecaps jamosi bilan shartnoma imzolagan. U 2-mart kuni „Minnesota United“ga qarshi „Waytcaps“ safida debyut qilgan. 17-aprel kuni „Los-Angeles“ ga qarshi oʻyinda (1:0) jamoa uchun birinchi golini kiritgan. 2019-yilgi mavsumning 30-haftasida Hwangg „LA Galaxy“ga qarshi o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirib haftaning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
2020-yilning 14-avgustida Hwangg Rossiyaning „Rubin“ klubiga o‘tgan. U 2020/2021-yilgi mavsum oʻrtalariga qadar Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi pleymeykerlaridan biri boʻlgan, ammo keyin koronavirus va tovonidan olgan jarohati bu natijaga putur yetkazgan.
2022-yilning 3-aprelida Hwanggning „Rubin“ bilan shartnomasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq maxsus FIFA qoidalariga ko‘ra, 2022-yilning 30-iyuniga qadar to‘xtatildi. Hwangg 5-aprel kuni „Seoul“ klubiga qoʻshilgan.
2022-yilning 29-iyulida Hwangg Gretsiyaning „Olympiacos“ klubiga qo‘shilgan. 2022-yil 18-avgustda u Yevropa Ligasi pley-off o‘yinida „Apollon Limassol“ mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida yakunlangan o‘yinda hisobni tenglashtirgan gol muallifiga aylangan.
Xalqaro faoliyati Hwangg Janubiy Koreyani 2018-yilgi Osiyo o‘yinlari chempioni boʻlishida muhim rol o‘ynagan. Mukofot sifatida u Asan Mugunghwadan harbiy xizmatni yarmiga yetmasdan ozod etilgan va Daejeon Citizenga qaytib kelgan.
Hwangg terma jamoadagi debyutini 2018-yil sentyabrida o‘tkazgan va o‘sha yilning oxirida u o‘zining milliy terma jamoasidagi birinchi golini 16-oktyabr kuni Panamaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:2) kiritgan.
2019-yilgi OFK Osiyo kubogida Hwangg ajoyib oʻyin koʻrsatgan va ESPN turnirining eng yaxshi jamoasiga kiritilgan. Shuningdek, u Janubiy Koreyani chempionlikka olib chiqqanidan keyin 2019-yilgi EAFF chempionatining eng qimmat futbolchisi deb topilgan.
Oʻyin uslubi The National Post jurnalisti JJ Adamsning taʼkidlashicha, Hwangg „markaziy yoki qanotda oʻynay oladi, ammo hujumkor yarim himoyachi sifatida muvaffaqiyat qozongan. U aniq toʻp uzatishlari, hujumkorligi, toʻpga egalik qilishi bilan mashhur“ .
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDaejeon Citizen2015K Liga 114410—1542016K Liga 235520—3752017K Liga 232430—3542018K Liga 27200—72Jami881560—9415Asan Mugunghwa2018K Liga 218100—181Vancouver Whitecaps FC2019MLS34311—3542020MLS6000—60Jami40311—414Rubin Kazan2020—2021RPL18321—2042021—2022RPL1720010182Jami3552110386FC Seoul (Ijara)2022K Liga 19010—100Olympiacos2022—2023SLG30002151Karyerada jami193241023120627
Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Janubiy Koreya 2018 7 1 2019 16 2 2021 6 1 2022 7 0 Karyerada jami 36 4 +Hwang In Beom tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 116.10.2018 Cheonan stadioni, Cheonan, Janubiy Koreya 2-0 2-2Oʻrtoqlik 211.12.2019 Busan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya 1-0 2-0 2019-yilgi EAFF chempionati 318.12.2019 Busan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya 1-0 1-0 2019-yilgi EAFF chempionati 47.10.2021 Ansan Wa~ stadioni, Ansan, Janubiy Koreya 1-0 2-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
Yutuqlari Janubiy Koreya U23
Osiyo oʻyinlari : 2018
Janubiy Koreya
EAFF chempionati : 2019-yil
Shaxsiy yutuqlar
K liga 2 eng yaxshi oʻyinchi : 2016, 2017, 2018 EAFF chempionatining eng qimmat futbolchisi: 2019-yil
Manbalar
Havolalar
Hwang In-beom – National team stats at KFA
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Daejeon Hana Citizen futbolchilari Turkum:Vancouver Whitecaps FC futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:FC Seoul futbolchilari Turkum:Olympiacos F.C. futbolchilari Turkum:Red Star Belgrade futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Feyenoord futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:Designated futbolchilari (MLS) Turkum:K liga 1 futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Janubiy Koreyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kanadadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari