link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/88/ZaehringerBrunnen_02.jpg/100px-ZaehringerBrunnen_02.jpg|right|thumb|150x150px| Zytglogge bilan Zähringer favvorasi. Zähringerbrunnen (Zähringen favvorasi) — Shveytsariyaning Bern shahrining Eski shahar maydonida Kramgassedagi tarixiy favvora. Bu Shveytsariyaning milliy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy obyektilaridan biri hisoblanadi, shuningdek, Bern shahrining eski shahar hududi YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi Zähringerbrunnen 1535-yilda Bern shahri asoschisi Berchtold fon Zähringerning sharafini ulugʻlash maqsadida bunyod etilgan. Haykalda toʻliq qurollangan ayiq va uning oyoqlari ostida yana boshqa bir ayiq bolasi tasvirlangan. Ayiq, afsonaga koʻra, Berchtold fon Zahringer tomonidan Aare yarim orolida shahar qurish uchun joy qidirayotganda otgan ayiqning ramziy timsolini oʻzida ifoda etadi. Zirhli ayiq oʻzi bilan qalqon va bayroqni olib yuradi, har ikkala ayiq haykalidagi kiyim sher tasviri bilan bezatilganHofer pg. 286-7.

Favvora ostidagi suv havzasi 1542-yildan 1889-yilgacha mavjud boʻlgan eski havzaning oʻzgartirilgan yangi varianti hisoblanadi. Shu bilan birga, ustun va rasmlar ham qayta boʻyalgan. Avvalgi suv hovuzi sakkiz burchakli boʻlgan. Uning bir qismida Protege Nos Domine, ikkinchisida Soli Deo Gloria yozuvi bor edi. Yana boshqa bir tomonida rim raqamlari bilan 1542 sanasi, toʻrtinchi tomonida esa XIX asrda mavjud boʻlgan va hozir yoʻqolib ketgan oʻqib boʻlmaydigan yozuvlar bor edi. Hozirgi havza Pfeiferbrunnen havzasining aniq nusxasi hisoblanadiHofer pg. 285.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Berndagi favvoralar