„Nebo“ (, yaʼni „Osmon“) — „Diskoteka avariya“ rus guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2001-yil eʼlon qilingan „Manyaki“ nomli studiyaviy albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiqning kuyini ham, matnini ham guruh aʼzosi Aleksey Rijov yozgan. Guruh reperturigagi oz sonli hazilomuz boʻlmagan qoʻshiqlarning biri.
Qoʻshiqning bir necha versiyasi mavjud. „Moralniy kodeks“ rok-guruhi guruhi bilan ijro etilgan versiya guruhning „Chetvero parney“ (2006) nomli albomiga kiritilgan. Klip uchun qayta ishlangan versiya „The Best“ (2008) albomiga kiritilgan.
Guruh aʼzolarining soʻzlariga koʻra, qoʻshiq ommalashib ketganidan keyingina klip olishga qaror qilishgan. Klipni 2003-yil shved rejissyori va prodyuseri Mikeadelica Shvetsiyada suratga olgan. Unda ertak syujeti tasvirlangan. Klip uchun guruh „Eng yashi video“ () hamda „Eng yaxshi qoʻshiq“ () nominatsiyalarida „Muz-TV“ mukofoti bilan taqdirlangan.
2015-yil Rijov „Diskoteka avariya“ guruhini 2012-yilda tark etgan sobiq aʼzosi Nikolay Timofeyev oʻzi yozgan uch qoʻshiq, jumladan, „Nebo“ qoʻshigʻini ijro etgani uchun 2,8 million jarima toʻlanishini talab qilib sudga murojaat qilgan. Intellektual mulk sudi Timofeyeyevga Rijov yozgan qoʻshiqlarni ijro etishni man etgan, ammo Rijovning kompensatsiya boʻyicha talabini qondirmagan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Diskoteka avariya qoʻshiqlari Turkum:2001-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar