link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/47/AnnaSeilerBrunnen03.jpg/220px-AnnaSeilerBrunnen03.jpg|thumb| 1354-yilda barpo etilgan Bern kasalxonasi asoschisi Anna Seilerning haykali. Anna-Seiler-Brunnen (Anna Seiler favvorasi) — Shveytsariyaning Bern shahrining eski shaharchasi Marktgassedagi favvora hisoblanadi. Bu Shveytsariyaning milliy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy obyekti hisoblanadi, shuningdek, Bernning mazkur eski shahri YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiradi.
Tarix Marktgassening yuqori qismida joylashgan favvora Berndagi birinchi kasalxona asoschisi Anna Seiler sharafiga bunyod etilgan. Anna Seilerning ramziy haykali koʻk koʻylak kiygan, kichkina idishga o'ng qo'lidagi ko'zasidan suv quyayotgan ayol koʻrinishida bunyod etilgan. Uning haykali Rimning Aventikum shahridan (zamonaviy Avenches) olib kelingan ustun ustiga joylashtirilgan. 1354-yil 29-noyabrda oʻz vasiyatnomasida Anna Seiler shahar maʼmuriyatidan bugungi kunda Zeughausgasse koʻchasida joylashgan o'z uyida kasalxona barpo etishga moddiy yordam berishlarini soʻrab murojaat qiladi. Kasalxonada dastlabki yillarida bor yo'g'i 13 ta karavot joylashgan boʻlib, umumiy 2 nafar xizmatchi faoliyat olib borar ediCopy of Anna Seiler’s will, translated into modern German accessed April 25, 2008 . Kasalxona ewiges Spital ya'ni doimiy xizmat ko'rsatuvchi kasalxona boʻlishi kerak edi. Taxminan 1360-yilda Anna Seiler vafot etganidan soʻngInselspital website-History accessed April 25, 2008 shifoxona Seilerin Spital nomini oldi. 1531-yilda shifoxona boʻsh Dominikan ordeni monastirligi binosiga koʻchib oʻtkazildi. Sankt-Michaels Insel (Sankt-Maykl oroli) hududi keyinchalik Anna Seiler oʻz shifoxonasini tashkil etganidan buyon 650 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan Inselspital nomi bilan tanilgan. Zamonaviy Inselspitalda 6000 ga yaqin xodim faoliyat olib boradi. Shifoxonada yiliga umumiy 220 000 nafarga yaqin kishi davolanadiInselspital website-Home Page accessed April 25, 2008 .
Manbalar
Turkum:Berndagi favvoralar