Lyudmila Leonidovna Dmitriadi (turmushga qadar — Lapshina) (1969-yil 24-sentabr) — sovet va o‘zbek yengil atletikachisi, qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha ishtirok etgan. 1996—2000-yillardagi Yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

Tarjimai hol Lyudmila Dmitriadi 1969-yil 24-sentyabrda dunyoga keladi.  

U 1987-yilda yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqalarida debyut qiladi, Birmingemda 100 metrga yugurishda 11,71 soniya natija ko‘rsatadi va 4x100 metrga estafetada SSSR terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4x100 metrga estafetada ikki marta Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘ladi . 1998-yilda Bangkokda u Yelena Kvyatkovskaya, Go‘zal Xubbiyeva va Lyubov Perepelova (44,38 soniya) bilan birga kumush medalni qo‘lga kiritadi. 2002-yilda Pusan shahrida Anna Kazakova, Xubbiyeva va Perepelova bilan kvartetda (44,32 natija ko‘rsatib) bronza medalini olishga muvaffaq bo‘ladi.

Lyudmila Dmitriadi 1996-yili Atlantadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi safiga qo‘shilgan. 1/8 finalda 100 metrga yugurishda u 12,04 soniya natija bilan 7 nafar ishtirokchi orasida 6-o‘rinni egalladi. 1/8 finalda 200 metrga yugurishda u poygada 8 nafar ishtirokchi orasida (24,88 soniya natija bilan) 8-o‘rinni egalladi .

2000-yili Sidneyda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi safidan joy egallab, 4x100 metrga estafeta bahslarida Kvyatkovskaya, Perepelova va Xubbiyevalar ham bo‘lgan kvartet 22-natijani (45,14) ko‘rsatdi va yarim finalga chiqa olmadi.

Lyudmila Dmitriadi 2007-yilda faoliyatini yakunlaydi.

Shaxsiy rekord natijalari

60 metrga yugurish — 7,59 (2002-yil 3-mart, Tyantszin) 100 metrga yugurish — 11.53 (1998-yil 13-dekabr, Bangkok) 200 metrga yugurish — 23,59 (2001-yil 17-iyun, Bishkek) 400 metrga yugurish — 55,85 (2005-yil 30-sentyabr, Toshkent)

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:24-sentabrda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston yengil atletikachilari