Shahzodbek Umid oʻgʻli Ubaydullaev (; 1998-yil 2-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Buxoroning „Buxoro“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.
Faoliyati
Andijon Ubaydullayev „Mashal“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2018-yilning iyul oyida „Andijon“ klubiga oʻtgan. Klubdagi debyutini 2019-yil 8-mart kuni „Qizilqum“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klubdagi debyut golini 2019-yilning 18-aprel kuni „Nasaf“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2019-yilning 2-oktyabr kuni „Surxon“ klubiga qarshi oʻyinda futbolchi ilk dublini qayd etgan. Mavsum davomida klubning asosiy tarkib oʻyinchi boʻlgan va oʻz hisobiga 9 ta gol va golli uzatma yozdirib qoʻygan. Mavsum oxirida esa klubni tark etgan.
Metallurg Bekobod 2020-yilning yanvar oyida futbolchi erkin agent sifatida Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtgan. Klubdagi debyutini 2020-yilning 29-fevralida AGMK klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda futbolchi birinchi golli uzatmasini ham amalga oshirgan. Debyut golini 2020-yil 15-iyun kuni Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. 2020-yil 2-iyul kuni „Buxoro“ klubiga qarshi oʻyinda dubl qayd etgan va golli uzatma ham bergan. Futbolchi mavsum davomida klubning asosiy hujumchisiga aylanib, barcha musobaqalarda 9 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shakhtyor Soligorsk 2021-yil yanvar oyi boshida futbolchi Belarusning „Shaxtyor“ klubiga 150 ming yevro evaziga oʻtishi mumkinligi haqida maʼlumot paydo boʻlgan. 2021-yilning yanvarida futbolchi rasman „Shaxtyor Soligorsk“ga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi taxminan 123 ming yevroni tashkil qilgan. U klubdagi debyutini 2021-yil 7-mart kuni Belarus kubogi doirasida Neman Grodnoga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda debyut golini urgan. Premyer-ligadagi debyut uchrashuvini 2021-yil 13-mart kuni Minskka qarshi oʻtkazgan. U klub safida barcha musobaqalarda atigi 5 ta oʻyinda maydonga tushgan va 2021-yilning aprelidan boshlab asosiy tarkibda kam maydonga tusha boshlagan.
Energetik-BGU jamoasida ijara 2021-yilning mart oyida futbolchi faoliyatini Energetik-BGUda ijara asosida davom ettirishi haqida ham maʼlumot paydo boʻlgan. 2021-yil iyul oyida futbolchi mavsum oxirigacha Energetik-BGUga ijaraga berilgan. Klubdagi debyutini 2021-yil 17-iyulda Smorgonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klubdagi debyut golini 2021-yil 22-avgust kuni BATE Borisovga qarshi oʻyinda kiritgan. Mavsum yakunida u klub safida 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2021-yilning dekabrida ijara shartnomasi yakunlangach, u klubni tark etgan.
Neftchi jamoasida ijara 2022-yilning fevral oyida futbolchi Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini 2022-yilning 2-mart kuni „Qoʻqon-1912“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va oʻzining debyut golini ham kiritdi. Klubning asosiy arkibidan joy oldi. Mavsum yakunida futbolchi barcha musobaqalarda 5 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Ijara muddati tugagach klubni tark etgan. 2023-yil yanvar oyida „Shakhtyor Soligorsk“ matbuot xizmati futbolchining klubga qaytgani va u bilan yangi mavsumga tayyorgarlik koʻra boshlagani haqida xabar berdi. Chempionatdagi ilk uchrashuvini 2023-yilning 18-mart kuni Novopolotskning „Naftan“ klubiga qarshi oʻtkazdi.
Metallurg Bekobod 2023-yil Bokobodga qaytgan va „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
2024-yil 9-dekabrda Navbahor klubi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro Ubaydullaev 2020-yil 3-sentabr kuni Tojikistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oʻzbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilganNational-football-teams.com. Oʻzbekiston terma jamoasiYilOʻyinGol20201120212Umumiy31 2020-yil 3-sentyabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.
Xalqaro oʻyinlar
Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
№SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa1.2020-yil 3-sentyabrLokomotiv stadioni, Toshkent, OʻzbekistonTojikiston1 – 02 – 1Doʻstona
Yutuqlar
Klub
Andijon
Oʻzbekiston Pro-ligasi (1): 2018-yil Shaxtyor Soligorsk
Belarus Superkubogi sohibi: 2021, 2023
Manbalar
Havolalar
Shahzod Ubaydullayev Transfermarkt.com saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal-2 klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:FC Shakhtyor Soligorsk futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari