2006-yil 1-16 aprel kunlari Bangladeshda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan ilk bor tashkil etlgan OFK Chaqiruv kubogi boʻlib oʻtdi. Oʻn oltita jamoa toʻrt guruhga boʻlingan boʻlib, har bir guruhda eng yaxshi ikkita oʻrinni egallagan jamoalar chorak finalga yoʻl olishdi. Shundan soʻng, pley-off bahslarida toʻgʻridan-toʻgʻri yutqazgan jamoa musoboqani tark etdi. Musoboqa ilk bor oʻtkazilganlgi sababli saralash bosqichi oʻtkazilmadi. Kubok sohibi Tojikiston boʻldi. Fair Play mukofotini Shri Lanka qoʻlga kiritdi. Tojikiston terma jamoasi aʼzosi Ibrohim Rabimov esa eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Oʻyinlarga Bangladeshning Dakka hamda Chittagong shaharlari mezbonlik qilgan. Ilk bora oʻtkazilgan ushbu musoboqaning gʻolibi Tojikiston milliy futbol terma jamoasi boʻldi. Vitse-chempionlik Shri Lanka milliy futbol terma jamoasiga nasib etdi.
Tarix
Jamoalarni tanlash
OFK dastlab qaysi jamoalar musoboqada ishtirok etishini aniqlash uchun konfedertasiyaga aʼzo jamoalarni tasniflab chiqdi. Oʻn yetti mamlakatni rivojlanayotgan assotsiatsiyalar qatoriga kiritdi. Rivojlanayotgan assotsiatsiyalarda futbolni rivojlantirish uchun vaqt talab etadi. Ishtirok etuvchi ushbu jamoalar 2005-yil avgust oyida tanlangan. Dastlab Laos, Mo'g'uliston va Sharqiy Timor ishtirok etish uchun tanlangan, biroq keyinchalik ularning oʻrnini rivojlangan assotsiatsiyalar sinfidan Bangladesh va Hindiston egallagan va ishtirokchi jamoalar sonini 16 tagacha qisqartirilgan.
(Qatnashmadi)
(Qatnashmadi)
(Qatnashmadi)
Oʻzgartirishlar
Mezbon shaharlar va stadionlar
OFK oʻzining yillik yigʻilishida Bangladesh ochilish marosimiga mezbonlik qilishi eʼlon qilindi. Oʻyinlar Bangladesh va Nepalda oʻtkazilishi belgilab qoʻyildi. Dastlab A va B guruhlaridagi jamoalar o‘z o‘yinlarini Nepalda, C va D guruhlari esa Bangladeshda o‘tkazishi rejalashtirilgan edi, biroq Nepalni larzaga keltirgan siyosiy tartibsizliklar tufayli, faqat Bangladesh mezbonlik qilishi qaror qilindi. OFK Chaqiruv kubogi dastlab 2006-yilning 26-martidan 9-apreliga qadar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi, biroq 26-mart kuni Bangladeshning Mustaqillik kuni munosabati bilan toʻqnashuvlarga yoʻl qoʻymaslik uchun 1-16 aprel sanasiga oʻzgartirildi. Ushbu turnir davomida foydalanish uchun ikkita stadion tanlandi: Dakkadagi Bangabandhu stadioni va Chittagongdagi M.A Aziz stadioni. Biroq, keyinchalik Dakkadagi Bangladesh Armiya stadioni kuchli yomgʻir tufayli qoldirilgan oʻyinlarni tashkil qilish uchun ishlatilgan. Final oʻyini Dakkada boʻlib oʻtgan.
Oʻtkazilgan joylar
DakkaChittagong Bangabandhu Milliy stadioni Bangladesh Armiya stadioni M.A Aziz stadioni Sigʻim: 36,000 Sigʻim: 20,000 Sigʻim: 40,000
Jamoalar
Baʼzi jamoalar quyida qayd etilganidek, oʻzlarining „asosiy“ terma jamoalari bilan ishtirok etmadilar:
Hindiston keyinchalik mezbonlik qiladigan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik koʻrish uchun 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoani maydonga tushirishga qaror qildi. Qirgʻiziston yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan tashkil topgan yosh tarkibda ishtirok etdi.
Tarkiblar
Guruh bosqichi
Guruh jadvallaridagi ranglar kalitiEng yaxshi ikki o‘rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi
A guruhi
B guruhi
C guruhi
D guruhi
Pley-off bosqichi
Final
Gʻolib
Vitse-chempion
Sovrinlar
Fair Play mukofoti Oltin butsa Eng yaxshi futbolchi Fahed Attal Ibrohim Rabimov
Gol mualliflari
8 gol Fahed Attal
5 gol Pradeep Maharjan
4 gol Jomixon Muhidinov Yusuf Rabiyev
3 goals Vimal Pariyar Xurshid Mahmudov
2 gol Hafizulloh Qadami Alfoz Ahmed Zohid Hasan Ameli Muhammad Abdul Husayn Chuang Wei-lun Chan Kin Seng Basanta Thapa Muhammad Essa Ziyod Al-Kord Ibrohim Al-Sweirki Ahmed Keshkesh Alvin Valeroso Kasun Jayasuriya Muhammad Izzaden Numonjon Hakimov Ibrohim Rabimov
1 gol Sayid Maqsud Hashmi Mahadi Tapu Adie Arsham Salleh Riwandi Wahit Sok Buntheang Keo Kosal Chan Rithy Kouch Sokumpheak Liang Chien-wei Roman Ablakimov Ruslan Jamshidov Azamat Eshoboyev Andrey Krasnov Tashi Tsering Adeel Ahmed Ismail Al-Amour Francisco Atura Sanjaya Pradeep Arachchige Chandradasa Karunaratne Jeewantha Dhammika Ratnayaka Odil Irgashev Rustam Hoʼjayev Shujoat Nematov
Manbalar
Havolalar Official site of the AFC Challenge Cup Bangladesh 2006 AFC Challenge Cup 2006 at RSSSF AFC Challenge Cup 2006
Turkum:Bangladesh Turkum:OFK Chaqiruv kubogi Turkum : 2006-yil Osiyo futbolida