Sanjar Quvvatov (1990-yil 8-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi. Toshkentning „Paxtakor“ klubida darvozabon sifatida toʻp suradi.
Futbolchilik faoliyati Muborakning „Mash’al“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2015-yilgacha ushbu klubda oʻynagan. Muborak jamoasi tarkibida 85 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2016-yilgi mavsum oldidan Qarshining „Nasaf“ klubiga oʻtgan. Sanjar Nasaf klubi tarkibida uch mavsum oʻynagan va jami 61 oʻyin toʻpladi. 2019-yilning 25-yanvarida u rasman Toshkentning „Paxtakor“ klubi futbolchisiga aylandi.
2024-yil Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Neftchi klubida yarim mavsum davomida liga oʻyinlarida 7 ta oʻyin oʻtkazgan. 2024-yil 20-iyulda oʻzaro kelishilgan holda jamoani tark etgan. 2024-yil 23-iyulda Navbahor jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
2024-yil 27-dekabrda Navbahor klubi oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomasini tugatilgan va Navoiyning Qizilqum jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Milliy terma jamoa Sanjar 2009-yili Misrda boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida uchta oʻyinini ham oʻtkazib, 6 ta gol oʻtkazib yuborgan. „D“ guruhida uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsa-da, qoʻlga kiritilgan bir ochko Oʻzbekistonga pley-off bosqichiga chiqish uchun yetarli boʻlmagan.
Quvvatov 2010-yilning 10-avgust kuni Eshton Geytda Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Angliya oʻyin davomida toʻpga egalik qilgan va koʻplab zarbalar bergan boʻlsa-da, birinchi navbatda Quvvatovning darvozasiga yoʻllangan zarbalar koʻpni qaytarib qolganligi tufayli hisob atigi 2:0 holatida saqlanib qolgan. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida 2009-yilda Misrda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Keyingi yillarda u mamlakat yoshlar va olimpiya terma jamoalarida ham toʻp surgan. 2011-yildan boshlab u Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chaqirila boshlangan. 2019-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi futbolchilarning yakuniy tarkibiga kiritilgan ammo maydonga tushmaganhttp://news.bbc.co.uk/sport1/hi/football/8902828.stm.
Yutuqlari Paxtakor Oʻzbekiston chempioni (5): 2019, 2020, 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi (2): 2019, 2020 Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi (1): 2019 Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi (2): 2021, 2022
Nasaf Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi (1): 2016
Manbalar
Havolalar Sanjar Quvvatov Transfermarkt saytida
Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar