Shavkat Salomov (1985-yil 13-noyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumkor yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. 2011-yilda Qatarda oʻtkazilgan AFC Osiyo kubogida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Buxoroning „Buxoro“ klubi bosh direktori.

Futbolchilik faoliyati "Buxoro" yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. 2000—2006-yillarda „Buxoro“ klubida oʻynagan. 2007—2012-yillarda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan. 2010-yilda Salomov „Nasaf“ Qarshi klubi bilan shartnoma imzolagan.

2013-yil fevral oyida Salomov Qozogʻistonning „Jetisu“ klubiga oʻtgan. 2013-yil 9-mart kuni Qozogʻiston chempionatining 1-turida „Qayrat“ga qarshi oʻyinda Salomov oʻzining debyut uchrashuvida 3:3 hisobida durang oʻynadi „Jetisu“ tarkibida birinchi golini urgan.

2014-yilning yanvarida u „Irtish Pavlodar“ bilan shartnoma imzolagan. Ammo fevral oyida u klub rahbariyatining tenge devalvatsiyasi munosabati bilan maoshni oshirishdan bosh tortgani uchun jamoani tark etgan. 2014-yilning fevralida u Qozogʻistonning boshqa bir klubi Qaragʻandining „Shaxtyor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2015-yilda vataniga qaytib, „Olmaliq“ jamoasiga kelib qoʻshilgan. 2016-yilda Buxoroga qaytib kelgan. 2017-yilning bahorida Salomov Qozogʻistonning „Atirau“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2018-yilning 8-yanvar kuni Salomov „Buxoro“ bilan shartnoma imzolagan. 2019-yil Termizning „Surxon“ jamoasi safiga oʻtgan. 2022-yil iyul oyida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi safiga oʻtgan. Mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoadagi faoliyati 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi safida ikkita oʻyin oʻtkazgan. Salomov 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida milliy terma jamoa safida ikki marta maydonga tushgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 2011-yilgi Osiyo kubogining yarim finalchisiga aylangan.

Futboldan keyingi faoliyat 2023-yilgi mavsum boshida futbolchilik foaliyatini yakunlagan va Buxoro klubi tizimida faoliyatini boshlagan. 2024-yil yanvar oyida „Buxoro“ klubi bosh direktori sifatida tayinlangan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi

KlubMavsumLigaMamlakat kubogiKontinentalBoshqaJamiDvizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBunyodkor2010-yilOʻzbekiston ligasi103000402011-yil2324050003222012-yil23674111004111Jami478114191007713Nasaf (ijara)2010-yilOʻzbekiston ligasi52 -0052Jetisu2013-yilPremer-liga273000000273Shaxtyor Qaragandi2014-yil283202010333Olmaliq2015-yilOʻzbekiston ligasi29800 - -298Buxoro2016-yilOʻzbekiston ligasi29361 - -354Atirau2017-yilQozogʻiston Premer-ligasi25240 - -292Buxoro2018-yilOʻzbekiston Superligasi0000 - -00Karyera jami190292352111023535

Xalqaro Oʻzbekiston terma jamoasiYilOʻyinlarGollar2007-yil212008-yil002009-yil002010-yil302011-yil302012-yil202013-yil102015-yil10Jami121 2015-yil 31-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Milliy terma jamoada gollar №SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa12007-yil 13-oktyabrToshkent, OʻzbekistonXitoy Taypeyi9 – 09-02010 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari

Bunyodkor

Oʻzbekiston chempioni (3): 2008, 2009, 2011 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2012 Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 2008, 2012 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2009

Nasaf

Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2010

Manbalar

Havolalar Shavkat Salomov FK Qaraganda Shaxtyor saytida Shavkat Salomov Transfermarkt saytida Shavkat Salomov Footballfacts saytida

Turkum:15-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Buxorolik sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi futbolchilar haqidagi maqolalar Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston futboli funksionerlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar