Abduvohid Karimovich Karimov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.
Tarjimai holi 1932-yil 1-mayda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. 1959-yildan KPSS a'zosi.
1946-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1946-1984-yillarda tuman suv xoʻjaligi boʻlimi gidrometri, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari irrigatsiya tizimlari viloyat boshqarmasi katta muhandisi, boʻlim boshligʻi, boshligʻi, viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston KP Markaziy Qoʻmitasi boʻlim mudiri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Kitob tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, Surxondaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi (1970—1974), Oʻzbekiston KP Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1974—1977) , Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1977—1984), Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari.
SSSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati etib saylangan.
KPSS XXIV, XXV va XXVI qurultoylari delegati.
1992-yil 20-yanvarda vafot etgan.
Havolalar Депутаты Верховного Совета СССР, Том 10. — Изд-во «Известия Советов депутатов трудящихся СССР». — 1980. — С. 195.
Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:1-mayda tugʻilganlar Turkum:Kitob tumanida tugʻilganlar Turkum:1992-yilda vafot etganlar Turkum:20-yanvarda vafot etganlar Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Surxondaryo viloyati hokimlari Turkum:Buxoro viloyati hokimlari Turkum:Surxondaryo viloyat ijroiya qo‘mitasi raislari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotiblari