Zhan Yuning (1997-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — Xitoy Superligasining „Beijing Guoan“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Xitoy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati Zhang Yuning futbolchilik faoliyatini 2008-yilda Xangzhou Greentown yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. Akademiyadagi bir qancha yaxshi oʻyinlaridan soʻng 2012-yilgi Osiyo U-16 chempionatiga Xitoyning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan va turnir davomida uchta oʻyinda ikkita gol urgan. 2015-yilgi mavsumda u klubning asosiy jamoasiga koʻtarilgan va 2015-yil 13-may kuni 2015-yil Xitoy FA kubogi doirasida „Wuhan Hongxing“ga qarshi oʻyinda klub uchun birinchi golini kiritgan.

2015-yilning iyulida Zhang Eredivizionning „Vitesse“ jamoasiga oʻtgan va ikki yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 2016-yilning 13-fevralida SC Xerenvenga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazgan, oʻyinning 86-daqiqasida Valeri Qazaishvilining oʻrniga maydonga tushgan. 2016-yil 6-mart kuni u klub uchun birinchi golini Roda JC ga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan. U oʻzining ikkinchi golini 2016-yilning 8-mayida „Twente“ga qarshi oʻyinda (2:2) kiritgan. Zhanga 2016/17- yilgi mavsum uchun 9-raqamli libos berilgan ammo, u asosan mavsum davomida Riki van Volfsvinkelga zaxira oʻyinchisi sifatida qaralgan. 2016-yil 26-oktabrda u KNVB kubogi 2016/17 ikkinchi bosqichida RKC Waalwijkinga qarshi oʻyinda gol urgan. U 2016-yilning 3-dekabrida PEC Zvollega qarshi oʻzining mavsumdagi yagona golini kiritgan. 2017-yilning 31-martida Zhang klub bilan shartnomasini 2018-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirgan. 2017-yil 30-aprel kuni KNVB kubogi finalida „Vitesse“ AZ Alkmaar ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonganida u zahirada qolgan.

2017-yil iyul oyida Zhang nomaʼlum toʻlov evaziga uch yillik shartnoma asosida Premer-liga vakili „West Bromwich“ga oʻtgan va darhol Bundesliga vakili „Werder“ga ikki yilga ijaraga berilgan. U asosiy jamoada oʻzini koʻrsata olmagan va 2017/18-yilgi mavsumda atigi ikki marta zaxirada maydonga tushgan. U 2018-yilning 29-aprelida Dortmundning „Borussiya“siga qarshi uchrashuvda va 2018-yilning 12-mayida "Mainz-05 "ga qarshi safar oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan.

2018-yil 22-iyunda Zhang 2018/19-yilgi mavsum uchun Eredivizionning ADO Den Haag jamoasiga ijaraga berilgan. U 2018-yilning 24-avgust kuni 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Musobaqa davomida oʻng toʻpigʻining bogʻlami yorilib, uch oyga safdan chiqqan. U klubdagi debyutini 2018-yilning 24-noyabrida PEC Zvollega qarshi oʻtkazgan.

2019-yilning 24-fevralida Zhang Xitoy Superligasi vakili „Beijing Guoan“ga oʻtgan. 2019-yil 1-mart kuni u klubdagi debyutini mehmonda „Wuhan Zall“ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2019-yil 9-mart kuni safarda Chongqing Lifanga qarshi oʻyinda (4:0) kiritgan.

Xalqaro faoliyati Zhang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2016-yil 3-iyun kuni Trinidad va Tobagoga qarshi oʻyinda (4:2) oʻtkazib, ikkita gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHangzhou Greentown2015Xitoy Super Ligasi0011--11Vitesse2015-16Eredivisie820000-822016-17Eredivisie16131--192Jami243310000274Jong Vitesse (Ijara)2016-17Tweede Divisie91---91Werder Bremen (Ijara)2017-18Bundesliga0000--00ADO Den Haag (Ijara)2018-19Eredivisie6000--60Beijing Guoan2019Xitoy Super Ligasi25810600032820201861062-258202120100000-2010Jami632420122007726Karyerada jami10228621220012032

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Xitoy 2016 6 2 2017 3 0 2018 0 0 2019 1 0 2020 0 0 2021 8 3 2022 4 0 Jami 22 5 +Zhang Yuning tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 13.06.2016 Olimpiya sport markazi stadioni, Qinxuangdao, Xitoy 2-0 4-2Oʻrtoqlik 2 3-0 311.06.2021 Sharja stadioni, Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari 4-0 5-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 415.06.2021 3-1 3-1 57.10.2021 1-0 3-2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari Vitesse

KNVB kubogi : 2016-17

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar