Jeff Campbell (1979-yil 25-avgustda tugʻilgan) — Yangi Zelandiyalik futbolchisi. U faoliyatini 2017-yilda Takapuna OFKda oʻynab yakunlagan. U oʻz mamlakatini U20, U23 yoshlat toifasida hamda kattalar toifasida himoya qilgan.

Klubdagi faoliyati 2006-yil sentyabr oyida Jeff 2006—2007-yilgi mavsum uchun Yangi Zelandiya futbol chempionatining Waitakere United klubi bilan shartnoma imzoladi. U, shuningdek, Okeaniya Chempionlar Kubogida Waitakere United jamoasida oʻynagan.

Keyingi mavsumda u Auckland City klubiga qoʻshildi va yana 2008-yilgi Okeaniya chempionlar kubogida oʻynadi. U 2010-yilda Waikatoga qoʻshildiWaikato FC pick up ex-All White in transfer, 21:15pm Jan 23 2010, Stuff.co.nz, retrieved 19 April 2022. 2015-yil oxirida faoliyati davomida 44 ta oʻyin oʻtkazgan holda premer-ligani tark etdi.

Jeffning otasi Klayv Campbell ham Yangi Zelandiyani milliy yerma jamoasini xalqaro miqyosda maydonlarda himoya qilgan. Uning akasi Ckott Campbell Takapuna OFKda u bilan birga oʻynagan.

Professional faoliyati Wollongong Wolves va Sidney United bilan muvaffaqiyatsiz oʻyiinlardan soʻng, Campbell 2000-yil fevral oyida Yangi Zelandiyaning birinchi professional futbol jamoasi Football Kingz FC aʼzosi boʻldi. 3-mart kuni u Avstraliya ligasi peshqadami Sydney Olympic jamoasiga qarshi oʻynadi va ikkinchi boʻlimda ikkita gol urib, Kingzga ilk gʻalabasini taqdim etdiDebutant Campbell Inspires Defeat Of League Leaders, Jeremy Ruane, retrieved 18 April 2022. U 2000 va 2004-yillar oraligʻida Kingz uchun 76 ta oʻyin oʻtkazdiSoccer: Football Kingz end long search for success , 23 Nov, 2003 08:38 PM, New Zealand Herald, retrieved 19 April 2022Kingz show first signs they might yet weather the storm, November 17, 2003 — 11.00am, Sydney Morning Herald, retrieved 19 April 2022.

2001-yilda Avstraliyaning Adelaide City klubi bilan shartnoma imzoladi. U Adelaida uchun faqat bitta oʻyin oʻtkazdi, shundan soʻng u ikki yillik shartnoma imzolaganiga qaramay, klubga qoʻshilganida jarohat olgani maʼlum boʻldi. Keyinchalik Campbell Football Kingz jamoasiga qaytdi.

2000-yil sentyabr oyida Campbell Yangi Zelandiya Futbol Media Assotsiatsiyasining „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ mukofotini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro maydonlarda Cempbell Yangi Zelandiyani 20 yoshgacha va 23 yoshgacha boʻlganlar darajasida mamlakati sharafini himoya qilgan.

2002-yilda u Yangi Zelandiya terma jamoasi uchun Okeaniya Millatlar Kubogida oʻynadi va ikkita gol urib, B guruhida gʻalaba qozonishga yordam berdi.

2007-yilda u yana Yangi Zelandiyaga yarim himoyachi sifatida chaqirilgan.

Manbalar

Turkum:Yangi Zelandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar