Vang Yafan2019-yilHozirgi yashash joyiPekin, XitoyTugʻilgan joyi va sanasi1994-yil 30-aprel Nankin, XitoyBoʻyi1.70 mMurabbiyiAlejandro DulkoPul jamgʻarmasi$ 2,170,438 Vang Yafan (1994-yil 30-aprelda tugʻilgan) — xitoylik tennischi.

Faoliyati davomida u WTA(Jahon tennis assotsiatsiyasi) turnirida bitta yakkalik va uchta juftlik, WTA 125 turnirida toʻrtta juftlik, shuningdek, ITF ayollar musobaqasida oʻnta yakkalik va oltita juftlik unvonini qoʻlga kiritdi. 2019-yil 7-oktyabrda u o‘zining eng yaxshi yakkalik reytingida 47-o‘ringa chiqdi. Vang Yafan 2016-yil 15-fevralda juftliklar reytingida 49-o‘rinni egalladi.

Faoliyati Vang Yafan 1994-yilda Nankin shahrida tugʻilgan. Vang Yafan tennis bilan 9 yoshida shug‘ullana boshlagan. Vang 2014-yil Shenzhen ochiq turnirida debyut oʻyinini oʻtkazdi va juftlik bahslarida Zheng Jie bilan hamkorlik qildi. Bu juftlik birinchi raundda Sun Ziyue va Xu Shilinga qarshi oʻyinda gʻalaba qozondi va yarim finalda boʻlajak chempionlar Monica Niculescu va Klara Zakopalovaga magʻlub boʻlishdan oldin, Irina Buryachok , Oksana Kalashnikovani magʻlub etdi.

2014-yil sentyabr oyida Guanchjou ochiq chempionatida Vang yakkalik bahslarida joker belgisiga ega bo‘ldi va u yarim finalga yo‘l oldi. Birinchi bosqichda Vang Yafan dunyoning 20-raqamli oʻyinchisi Samantha Stosurni va saralash bosqichida Petrani mag‘lub etdi. U yakunda chempion Monica Niculescu bilan bahsda imkoniyatni qoʻldan boy berdi.

Vang 2018-yilgi Mayami ochiq chempionatida oʻz karyerasini yuqoriroq koʻtarishga harakat qildi. Vang u yerda oʻninchi raqam ostidagi Angelique Kerberga qarshi ogʻir oʻyinda magʻlub boʻldi.

2019-yil: Birinchi WTA chempioni Vang Akapulkodagi Meksika Ochiq chempionatida oʻzining birinchi WTA yakkalik chempionligini qoʻlga kiritdi, u yerda Vang Yafan Sofia Keninni 2-6, 6-3, 7-5 hisobida magʻlub etdi.

Mayami ochiq turnirida u birinchi raundda Kristina Mladenovichni magʻlub etdi. Ikkinchi raundda u dunyoning 5-raqamli oʻyinchisi Elina Svitolinani toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlubiyatga uchratib, birinchi oʻnta oʻyinchiga qarshi birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi (6:2, 6:4). Vang Yafan dunyoning 25-raqamli oʻyinchisi va Australiya ochiq chempionati yarim finalchisi Danielle Collinsga qarshi 7-5, 6-1 hisobida gʻalaba qozondi va toʻrtinchi raundga chiqdi, ammo keyin hamyurti Vang Qiangga imkoniyatni boy berdi.

Muhim finallar

WTA elita kubogi

Juftlik: 1 (1 ta medal) Natija Yili Joyi Yuzasi Hamkor Raqiblar Hisob Gʻalaba 2015-yil Chjuxay Elita kubogi Qattiq Liang Chen 6-4, 6-3

WTA karyera finallari

Juftliklar: 7 (3 ta unvon, 4 ta ikkinchi oʻrin) Natija Gʻ-MTurnir Darajasi Yuzasi Hamkor Raqiblar Hisob Magʻlubiyat 0-1 Shenzhen ochiq chempionati, Xitoy Xalqaro Qattiq Liang ChenLyudmyla KichenokNadiya Kichenok 4-6, 6-7 (6-8) Gʻalaba 1-1 Malayziya ochiq chempionati, Malayziya Xalqaro Qattiq Liang Chen Yuliya BeygelzimerOlga Savchuk 4-6, 6-3, [10-4] Gʻalaba 2-1 Elita kubogi, Chjuxay Elita kubogi QattiqLiang Chen 6-4, 6-3 Magʻlubiyat 2-2 Malayziya ochiq chempionati, Malayziya Xalqaro QattiqLiang ChenVaratchaya VongteanchaiYang Chjaoxuan 6-4, 4-6, [7-10] Gʻalaba 3-2 Taypey ochiq chempionati, Tayvan Xalqaro QattiqDuan YingingNao HibinoOksana Kalashnikova 7-6 (7-4), 7-6 (7-5) Magʻlubiyat 3-3 Xua Xin chempionati, Tailand Xalqaro QattiqAnna BlinkovaIrina-Kameliya BeguMonika Nikulesku 6-2, 1-6, [10-12] Magʻlubiyat 3-4 Monterrey ochiq chempionati, Meksika Xalqaro QattiqMiyu Katoaterina BondarenkoSharon Fichman 6-4, 3-6, [7-10]

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Tennischilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar