Mashoor Shereef (1993-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining „North East United“ klubi va Hindiston terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Oʻyindagi faoliyati

Chennay City U 2017-yilning 29-noyabr kuni „Chennai City“ safida „Indian Arrows“ga qarshi professional debyut qilgan. U oʻyinning 26-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi, lekin Chennay City 3:0 hisobida magʻlub boʻldi.

North East United 2020-yilda Mashoor Hindiston Superligasining „North East United“ klubiga qoʻshildi. U Hindiston Superligasining 2020/21 mavsumida 11 oʻyinda maydonga tushdi. U NorthEast United uchun birinchi golini 2021-yil 21-dekabrda ATK Mohun Bagan darvozasiga kiritdi. Mashoor Shereefning eng muvaffaqiyatli mavsumi Hindiston Superligasining 2021—2022-yilgi mavsumi boʻldi. Mashoor Shereef bu mavsum davomida 15 marotaba North East United jamoasi safida maydonga tushib jamoa faoliaytidagi ilk golini urdi va oʻz faoliaytidagi gollar sonini 3 taga yetkizib oldi. Mashoor Shereef bundan oldingi ikita golini Chennay City jamoasi safida 2019-yilgi mavsum Hindsiton I-ligasida urgan. Oʻsha mavsum davomida ham Mashoor Shereef Chennay City jamoasi safida 15 marotaba maydonga tushgan edi.

Xalqaro maydonda 2021-yil 2-mart kuni Shereef Hindiston terma jamoasining Ummon va BAAga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan 35 kishidan iborat milliy futbol terma jamoasiga saralandi. 2021-yil 29-mart kuni Shereef Hindiston terma jamoasi safida BAAga qarshi debyut qildi. Umumiy hisobda, Mashoor Shereef Hindiston milliy terma jamoasi safida ikki marotaba maydonga tushgan va 2022-yilgi maʼlumotlarga koʻra hali biorn marta ham gol ura olmagan.

Karyera statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Kubok OFK Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Chennay City 2017-2018 I-liga 5 1 1 0 - 6 1 2018-2019 11 0 0 0 - 11 0 2019-2020 15 2 2 2 2 0 19 4 North East United 2020-2021 Hindiston Superligasi 11 0 - - 11 0 2021-2022 15 1 0 0 - 15 1 Karyera jami 57 3 3 2 2 0 62 5

Xalqaro

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Hindiston 2021-yil 2 0 Jami 2 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Hindistonlik erkak futbolchilar