link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/30/Flag_of_Jihad.svg/220px-Flag_of_Jihad.svg.png|thumb| Turli islomiy tashkilotlar tomonidan qoʻllaniladigan bayroq (1990-yillarning oxiridan boshlab) qora fonda shahodat kalimasining oq matni link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/08/Flag_of_JTJ.svg/220px-Flag_of_JTJ.svg.png|left|thumb| „Jamoat at-Tavhid val-Jihod“ tashkilotining bayrogʻi

Jihod bayrogʻi turli islomiy va islomiy fundamentalistik harakatlar tomonidan jihod ramzi sifatida keng qoʻllanadigan bayroqdir. U odatda, qora fonda, oq rangli shahodat kalimasi matni xattotlik uslubida yozilgan holatda tasvirlanadi. Uning qoʻllanishi 2000-yillarning boshlarida jihodchilar orasida keng tarqalgan. 2010-yillarda Islomiy davlatlar tomonidan ham qoʻllana boshlangan. Bundan tashqari, bayroq turli islomiy terror tashkilotlari tomonidan ham qoʻllangan.

Bunday bayroqdan foydalangan tashkilotlarga quyidagilar kiradi:

al-Qoida al-Shabaab Islomiy davlat (ISIS/ISIL/IS/Daesh) Hizbul Islom (2009) Tolibon (shu bayroqning oq fondagi va qora yozuvlisi) Hamas Jemaa Islamiya.

Islomiy davlatlar tashkiloti uchun berilgan varianti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/28/Islamic State flag.svg/220px-Islamic State flag.svg.png|thumb| Muhammad muhri naqshli „IShID bayrogʻi“. Nisbat: 2:3. Germaniya kabi dunyoning bir qator davlatlari da taqiqlangan. Islomiy davlat tashkiloti va undan oldin Iroq Islomiy davlati tomonidan qoʻllangan variant (taxminan 2006-yildan beri) shahodat kalimasining ikkinchi iborasi Muhammadning tarixiy muhri koʻrinishida tasvirlanganThe SITE (Search for International Terrorist Entities) website on 23 January 2007 stated: „The Islamic State of Iraq issued a document titled: 'The Legality of the Flag in Islam,' which contains the image of its flag and information to its symbolism, today, Tuesday, January 23, 2007. Text on the flag reading, 'No God, but Allah, and Muhammad is Allah’s Messenger,' are the words contained on the flag of the Prophet Muhammad that he carried into battle and handed to generations of bearers. The Islamic State provides evidence and legitimacy for this banner from Islamic scholars, and goes into detail regarding opinions of the flagʻs material, title, and significance. According to the group the circular shape matches the ring stamp of the Prophet found on many scripts, and the order of the words are to indicate the supremacy of Allah over the Messenger.“ Cited by Ivan Sache at Flags of the World on 18 February 2007..

2014-yil avgust oyida Buyuk Britaniya Bosh vaziri David Cameron Birlashgan Qirollikda „Islomiy davlat bayrogʻini“ koʻtargan har qanday odam hibsga olinishini taklif qilgan edi. 2000-yildagi Terrorizm toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, ushbu hujjatning 13 (1b) boʻlimida „agar shaxs jamoat joyida, biron bir narsaga asosli shubha uygʻotadigan tarzda yoki shunday holatda kiyingan, jihod bayrogʻini olib yurgan yoki namoyish qilayotgan boʻlsa, jinoyat sodir etishlikda va taqiqlangan tashkilotning aʼzosi yoki tarafdori sifatida gumonlanilishi va olti oylik qamoq yoki qonun bilan belgilangan jarimaga tortilishi mumkin“.

Shuningdek, 2014-yil avgust oyidan Niderlandiyada ham ommaviy namoyishlar oʻtkazish taqiqlangan.

IS bayrogʻi tasviridan taʼlimdan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanish Germaniyada, 2014-yil sentabr oyidan buyon Federal Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqiqlangan. Qoʻshni Avstriya xuddi shu taqiqni oradan koʻp oʻtmay qonun doirasiga kiritishni taklif qilgan.

Qora bayroq tashkiloti Islom bayroqlari Qora bayroqlar ro'yxati Tavhid.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Islom ekstremizmida qoʻllaniladigan qora bayroqlar tasvirlari toʻplami Qora bayroq (al-raya) Islomiy tasvirlar loyihasi, West Pointdagi terrorizmga qarshi kurash markazi Qora bayroqning semiotikasi (makingsenseofjihad.com) Usoma Hasan, Xurosonning qora bayroqlari (unity1.wordpress.com)

Turkum:Islom Turkum:Jihod Turkum:Islomiy terminologiya