Islom Kenjaboyev (1999-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, Navoiyning Qizilqum klubi yarim himoyachisi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasining sobiq futbolchisi.

Faoliyati Islom Kenjaboyev 1999-yil 1-sentyabr kuni Navoiy viloyatida tugʻilgan. Nasaf futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Birinchi murabbiyi — Nurali Sultonov. Akademiyada 2012-yildan 2017-yilgacha tahsil olgan. Nasaf klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan. 2017-yilda Nasaf jamoasi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev uni asosiy jamoaga jalb etdi. Islom Kenjaboyev Nasaf safida 86 ta oʻyinda maydonga tushib 9 ta gol va 4 ta goli uzatmalarga mualliflik qildi, umumiy hisobda 5.246 daqiqa maydonda toʻp surdi.

2021-yilda Nasaf jamoasiga Jeju United klubi Islom Kenjaboyevni sotib olish boʻyicha rasmiy taklif joʻnatdi va Nasaf bu taklifni qabul qildi. Jeju United klubiga bu transfer 400 ming yevroga tushdi. Jeju United safida 2 ta oʻyinda maydonga tushib umumiy hisobda 102 daqiqa maydonda toʻp surdi.

Jeju United safidagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin Islom Kenjaboyev 2021-yil 14-iyul kuni Qizilqum jamoasiga erkin agent sifatida qoʻshildi. Qizilqum jamoasi safida 20 ta oʻyinda maydonga tushib 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Jamoa safida umumiy hisobda 1758 daqiqa maydonda toʻp surdi. 2022-yilning 1-yanvarida Islom Kenjaboyev Navbahor jamoasiga ijaraga berib yuborildi.

2022-yilning 1-yanvarida Islom Kenjaboyev Navbahor safiga kelib qoʻshildi. Navbahor safida 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va umumiy hisobda 401 daqiqa toʻp surdi. 2023-yildan Qizilqum klubi bilan shartnoma imzoladi. 2024-yilda Nasaf klubiga qoʻshildi. 2026-yilda Qizilqum klubiga oʻtdi.

Yutuqlar Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024 Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi oʻrin: 2017, 2020 Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2024, 2025

Manbalar

Havolalar Islom Kenjaboyev Transfermarkt saytida

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Navoiyda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Jeju SK FC futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:K liga 1 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar