Wei Xin () (1977-yil 18-aprelda Chongqing shahrida tugʻilgan) — xitoylik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, „Fujian Broncos“ futbol klubining amaldagi bosh murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati Wei Xin butun futbol faoliyati davomida Chongqingdan ajralmagan. Bu muddat davomida shahardagi yoshlar va katta jamoalarda oʻynagan. Qianwei Huandao futbol klubi shaharga koʻchib oʻtganda va keyinchalik oʻzlarini Chongqing Lifan deb oʻzgartirganda, ular Wei Xinni tarkiblariga qoʻshib olishgan va unga Xitoy futbolining yuqori divizionida oʻynash imkoniyatini berishgan. Klub tarkibida u jamoaning muhim aʼzosiga aylangan va 2000-yilda Xitoy FA kubogini yutgan, bu uning klubdagi eng katta yutugʻi boʻlgan. Erishilgan natijalar Weini terma jamoaga chaqirilishiga olib kelgan va u 2001-yil 3-avgustda Shimoliy Koreyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. U 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatini oʻtkazib yuborgan, ammo 2004-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan, musobaqada Xitoy terma jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan Wie jamoada muhim rol oʻynagan. Hatto oʻttiz yoshga toʻlmagan boʻlishiga qaramay, u Chongqingga boʻlgan sodiqligi tufayli murabbiylik lavozimi bilan taqdirlangan, Wie 2006-yilgi liga mavsumi oxirigacha futbolchilik faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan.

Murabbiylik faoliyati 2007-yilgi liga mavsumi boshida Wei Xinga Chongqing Lifan bosh murabbiyi lavozimini taklif qilishgan. Bu uni Xitoy professional futbol tarixidagi eng yosh murabbiyga aylantirgan. Weiga quyi divizionga tushib ketgan Chongqing jamoasini yuqori divizonga chiqarish vazifasi qoʻyilgan. 2008-yilda Chongqing Lifan quyi ligada ikkinchi oʻrinni egallagan va Xitoy Super Ligasiga qaytgan.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro #SanaChina NatijaRaqibO'yinJoy012001-08-03 Xitoy2-2 Shimoliy KoreyaXalqaro o'rtoqlik o'yiniShanxay022001-10-19 Xitoy0-1 OʻzbekistonFIFA Jahon Kubogi 2002 SaralashToshkent032003-02-12 Xitoy0-0 BraziliyaXalqaro o'rtoqlik o'yiniGuangzhou042003-02-16 Xitoy1-0 EstoniyaXalqaro o'rtoqlik o'yiniWuhan052003-08-20 Xitoy0-0 ChileXalqaro o'rtoqlik o'yiniTianjin062003-08-31 Xitoy3-4 GaitiXalqaro o'rtoqlik o'yiniFort Lauderdale072003-09-07 Xitoy0-2 Kosta RikaXalqaro o'rtoqlik o'yiniFort Lauderdale082003-12-04 Xitoy0-2 YaponiyaSharqiy Osiyo Kubogi 2003Tokio092003-12-10 Xitoy3-1 Gong KongSharqiy Osiyo Kubogi 2003Yokohama102004-01-27 Xitoy0-0 MacedoniyaXalqaro o'rtoqlik o'yiniShanxay112004-01-29 Xitoy1-0 MacedoniyaXalqaro o'rtoqlik o'yiniShanxay122004-02-03 Xitoy2-1 FinlandiyaXalqaro o'rtoqlik o'yiniGuangzhou132004-02-18 Xitoy1-0 QuvaytFIFA Jahon Kubogi 2006 SaralashGuangzhou142003-03-17 Xitoy2-0 MyanmaXalqaro o'rtoqlik o'yiniGuangzhou152004-03-31 Xitoy1-0 Gong KongFIFA Jahon Kubogi 2006 SaralashGong Kong162004-04-14 Xitoy0-0 AndorraXalqaro o'rtoqlik o'yiniPeralada172004-04-28 Xitoy1-0 JazoirXalqaro o'rtoqlik o'yiniClermont-Ferrand182004-06-09 Xitoy4-0 MalayziyaFIFA Jahon Kubogi 2006 SaralashTianjin192004-07-03 Xitoy6-0 LivanXalqaro o'rtoqlik o'yiniChongqing202004-07-10 Xitoy2-2 Birlashgan Arab AmirliklariXalqaro o'rtoqlik o'yiniHohhot212004-07-17 Xitoy2-2 BahraynAFC Osiyo Kubogi 2004Pekin222004-07-21 Xitoy5-0 IndoneziyaAFC Osiyo Kubogi 2004Pekin232004-07-30 Xitoy3-0 IroqAFC Osiyo Kubogi 2004Pekin242004-08-07 Xitoy1-3 YaponiyaAFC Osiyo Kubogi 2004Pekin252004-09-08 Xitoy1-0 MalayziyaFIFA Jahon Kubogi 2006 SaralashPenang262004-10-13 Xitoy0-1 QuvaytFIFA Jahon Kubogi 2006 SaralashQuwayt272004-11-17 Xitoy7-0 Gong KongFIFA Jahon Kubogi 2006 SaralashGuangzhou282005-03-26 Xitoy0-3 IspaniyaXalqaro o'rtoqlik o'yiniSalamanca292005-03-29 Xitoy0-1 IrlandiyaXalqaro o'rtoqlik o'yiniDublin302005-06-19 Xitoy2-2 Kosta RikaXalqaro o'rtoqlik o'yiniChangsha

Yutuqlar

Futbolchilik faoliyatida

Klub

1995-yil 5- Xitoy shahar oʻyinlari 1998-2001 — Xitoy Superligasi 4-o‘rin 2000-yil — Philips Xitoy FA kubogi

Xalqaro faoliyati

2004-yil — Osiyo kubogi gʻolibi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar