Word on the Water (Suv yuzasidagi soʻzlar) — bu yuk kemasida joylashgan kitob doʻkoni boʻlib, bu kema-doʻkon Londonning Kingʻs Cross hududidagi Regent kanalida joylashgan, ammo uni London kanallari tarmogʻi boʻylab boshqa joylarda ham uchratish mumkin.
Tarixi Yuk tashuvchi kemaga doʻkon qurish gʻoyasi 2011-yilda ikki asoschi (Jon va Paddy) oʻz qayiqlarini bandargohga yonma-yon bogʻlagandan keyin paydo boʻlgan. 2014-yilda Word on the Water asoschilari Angliya va Uelsning Canal & River Trust kompaniyasidan Paddington maydonidagi Regent kanali uchun doimiy langar tashlash litsenziyasini olishga ariza berishdi, biroq bu soʻrov rad etildi va uning oʻrniga taklif qilingan qahvaxona yaratish uchun British Landga ruhsatnoma taqdim etildi. Keyin Canal & Rivers Trust kompaniyasida Word on the Waterga 2015-yilda berilgan doimiy langar tashlash litsenziyasini taqdim etish uchun soʻrovnoma yuborildi. Ular Stephanedan yuk tashuvchi kema sotib olmoqchi boʻlganlarida, u ularning biznesdagi sherigiga aylandi. Doʻkon avvaliga har ikki haftada oʻz joyini oʻzgartirib turishga majbur boʻlgan, ammo keyinchalik qonun-qoidalar oʻzgarishi sababli doʻkon egalari olti oylik langar tashlash huquqiga ega boʻlishdi.
2021-yilda mazkur qoʻshma shirkat doʻkoni The Guardian tomonidan Britaniyaning 10 ta eng yaxshi mustaqil kitob doʻkonlaridan biri sifatida etirof etildi.
Kitob doʻkonining asosiy manzilgohi 1920-yillardan qolgan Gollandiya kanalidagi yuk tashish qayigʻi hisoblanadi.
Doʻkon har kuni har qanday ob-havo sharoitiga qaramasdan peshindan to kechki 7.00 ga qadar ochiq boʻladi. Bu ish vaqti ayrim bayram kunlaridagina oʻzgarishi mumkin.
Galereya
Manbalar
Havolalar
Paddy Screech (uchta asoschidan biri) Word on the Water uchun intervyu Turkum:Kitob doʻkonlari