Bahrayn milliy futbol jamoasi (arab. mntkẖb ạlbḥryn lkrẗ ạlqdm) xalqaro futbolda Bahrayn sharafini himoya qiladi va 1951-yilda tashkil etilgan. 1966-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan Bahrayn futbol uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi. Terma jamoa hech qachon Jahon chempionatiga chiqmagan, lekin ikki marta juda yaqin kelgan. Bahrayn 2004-yilda FIFAning eng yaxshi jamoaviy sovrinini qo‘lga kiritgan va 2004-yilgi Osiyo Kubogida chorak finalda O‘zbekistonni mag‘lub etgan, ammo yarim finalda Yaponiyaga 4:3 hisobida yutqazib, to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Oʻshanda Bahrayn uchinchi oʻrin uchun bahsda Eronga magʻlub boʻldi va shu tariqa toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Tarix

Dastlabki davr Birinchi milliy terma jamoa 1959-yilda tashkil etilgan boʻlsa ham, Bahrayn terma jamoasi faqat 1966-yilda rasmiy ravishda yigʻilgan va Quvaytga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib, 4:4 hisobida durang oʻynagan.

2006-yilgi jahon chempionati Oʻzbekiston va Bahrayn 2006-yilgi Jahon chempionati saralashida oʻz guruhlarida uchinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Bahrayn Oʻzbekiston bilan ikki oʻyin natijalariga koʻra pley-offga chiqdi va safardagi gol evaziga Oʻzbekiston terma jamoasi magʻlub etildi. Bu Bahraynga toʻrtinchi oʻrinni egallagan KONKAKAF davlati (Trinidad va Tobago) bilan jahon chempionati yoʻllanmasi uchun yana ikki oʻyinli pley-offga chiqish imkonini berdi. Ammo Port-of-speynda 1:1 hisobidagi durangdan keyin Bahrayn terma jamoasi Manamada 0:1 hisobida magʻlub boʻldi va Jahon chempionati final bosqichiga chiqolmadi.

2006 yil FIFA Jahon chempionati saralashi — OFK 4-raund pley-off1-jamoaPley-off formatida2-jamoa1-oʻyin2-oʻyin1-1 (Mehmondagi gollar qoidasi)1-10-0Futbol boʻyicha jahon chempionati 2006 saralash oʻyinlari (OFK — KONKAKAF pley-offi)1-21-10-1

Murabbiylar shtabi Lavozim Ism-sharif Menejer Hélio SousaBoshqaruvchi yordamchisi Jose Carniero Ahmed Isa Darvozabonlar murabbiyi Pedro Roma Fitnes murabbiyi Jose Herculano Jamoa tahlilchisi Ahmed Kamal

Murabbiylik tarixi

Emad Al-Maawada and Abdul-Salam Alam (1966) Hamada El-Sharqawi (1970-1974) Danny McLennan (1974-1975) Jack Mansell (1976) Mal Thompson va Michael Gorman (1979) Ljubiša Broćić (1979-1981) Ali Ahmed Farouq (1981) Sebastião Pereira de Araújo (1982-1984) Keith Burkinshaw (1984-1986) Abdelmajid Chetali (1988) Uli Maslo (1990) Sebastião Pereira de Araújo (1992-1993) Ivan Katalinić (1994) Hamad Rashid Nasser Al-Noyami (1994) Fuad Boshqar (1996) Josef Hickersberger (1997) Ernesto Rosa Guedes (1998) Alexandru Moldovan (1999) Salman Sharida (2000) Victor Stănculescu (2000-2001) Wolfgang Sidka (2001-2002) Yves Herbet (2003) Srećko Juričić (2003-2005) Wolfgang Sidka (2005) Luka Peruzović (2005-2006) Riyadh Al-Thawadi (2006) Hans-Peter Briegel (2006-2007) Senad Kreso (2007) Milan Máčala (2008-2010) Josef Hickersberger (2010) Marjan Eid (2010) Salman Sharida (2010-2011) Peter Taylor (2011-2012) Gabriel Calderón (2012-2013) Anthony Hudson (2013-2014) Adnan Hamad (2014) Marjan Eid (2014-2015) Sergio Batista (2015-2016) Miroslav Soukup (2016-2019) Hélio Sousa (2019-hozir)

Futbolchilar Natijalar

Eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar

DarajaIsm-sharifIshtirokGollarKaryera 1Salman Isa 156 25 2001-2012 2Mohamed Husain 145 11 1997-2015 3Sayed Mohammed Jaffer 141 0 2004-hozir4Ismail Abdullatif 126 47 2005-hozirMohamed Salmeen 126 11 2000-2013 6Abdulla Al-Marzooqi 113 10 2001-2013 7Hussain Ali Baba 112 6 2001-2016 8Faouzi Aaish 103 19 2004-20159Husain Ali 101 33 1998-2013Sayed Dhiya Saeed 101 7 2011-hozir

Eng yaxshi to'purarlar

DarajaIsm-sharifGollarIshtirokNisbatKaryera 1Ismail Abdullatif 47 124 2005-hozir 2Husain Ali 33 101 1998-20133A'ala Hubail 26 74 2003-2009Talal Yousef 26 96 1998-2009 5Salman Isa 25 156 2001-2012 6Faouzi Aaish 19 103 2004-2015 7Mohamed Al-Romaihi 16 44 2010-hozir 8Mahmood Abdulrahman 13 85 2006-20149Mohamed Marhoon 12 36 2018-hozirJaycee John Okwunwanne 12 48 2007-2015

Manbalar

Havolalar Bahrain Football Association official website Bahrain

Turkum:Bahrayn Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari