Luiz Adriano de Souza da Silva (1987-yil 12-aprel, Braziliya) yoki oddiygina Luiz Adriano – braziliyalik professional futbolchi. Turkiya oliy ligasining Antalyaspor klubida hujumchi sifatida toʻp tepadi.
Sportchi oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri Portu Alegridagi „Internasional“ klubida boshlagan. U 2007-yilda Ukrainaning Shaxtyor klubiga 3 million yevro evaziga transfer qilinadi. Luiz Adriano klubining ajralmas aʼzosiga aylanadi. 2014-yil oktyabr oyida „Shaxtyor“ tarkibidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi va oʻsha oyda Braziliya milliy terma jamoasi tarkibiga chaqirilidi.
Klublardagi faoliyati
Shaxtyor Donetskda Luiz Adriano 2007-yilning 2-martida Ukrainaning Shaxtyor klubiga 3 million yevro (8 128 830 R$) evaziga transfer qilingan. Futbolchi oʻz debyutini 2007-yil 19-mart sanasida Ukraina premyer ligasida 19 yosh 11 oy va 7 kunligida klubning hamshahar raqibi Metallurg Donetsk ga qarshi oʻyinda amalga oshiradi. Shuningdek, hujumchi klubdagi oʻz debyut golini 2008-yilning 15-martida Xarkovning „Metalist“ jamoasi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning 94-daqiqasida kiritadi.
2014-15-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi guruh bosqichida „Shaxtyor“ oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallaydi va pley-off bosqichiga yoʻllanma qoʻlga kiritadi. Oʻtkazilgan olti oʻyinda Luiz Adriano Chempionlar Ligasi guruh bosqichida urilgan gollar boʻyicha Lionel Messi va Cristiano Ronaldoning rekordini takrorlaydi hamda UEFA uni Chempionlar Ligasi guruh bosqichining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb eʼlon qiladi.
Milanda 2015-yilning 2-iyulida Luiz Adriano Milan bilan 8 million yevro evaziga 5 yillik shartnoma imzolaydi. U 17-avgust kuni Italiya kubogining 3-bosqichida San Siroda, Perudja ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyindagi ikkinchi golni kiritgani holda oʻz debyutini amalga oshiradi. Luiz Adriano A Seriyadagi dastlabki golini 2015-yilning 29-avgustida Empoliga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritadi. 2016-yilning yanvarida „Milan“ Xitoy Superligasi vakili Jiangsu Suningdan Luiz Adrianoni 14 million yevro evaziga sotish boʻyicha taklifga rozi boʻladi. Biroq, Luiz Adriano va Jiangsu Suning muzokaralar chogʻida shaxsiy shartlar boʻyicha kelisha olmaganidan soʻng, kelishuv yakunlayman qoladi.
Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaShtat LigasiKubok uchrashuvlariMintaqaviyBoshqaUmumiyDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGoalsOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarInternacional2006Série A12021—002116220070010—10—20Umumiy12031—1021182Shaxtyor Donetsk2006-07Ukraina premyer ligasi50—10——602007-08134—5110—1952008-09124—31144—2992009-102311—101161036172010-112110—541041237202011-122312—51631035162012-13197—54731132152013-142520—52831039252014-15219—437x9103321Umumiy16277—3416643263266128Milan2015-16Serie A264—32——2962016-1770—00—0070Umumiy334—32—00366Spartak Moskva2016-17Rossiya premiyer ligasi82—000000822017-182510—41831138152018-19226—2051002972019-2031—00000031Umumiy5819—61134117825Palmeiras2019Série A136——21—15720202410143727520542020211936>1207110355Umumiy5619204921673010432Umumiy faoliyati32111923552219443125502193
Manbalar
Havolalar
Luiz Adriano at Topforward
Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shaxtyor Donetsk futbolchilari Turkum:AC Milan futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar