Xitoy Taypeyi milliy futbol jamoasi xalqaro futbolda Tayvan (Xitoy Respublikasi) sharafini himoya qiladi va Xitoy Taypeyi futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Hozirgi vaqtga qadar FIFA Jahon chempionatiga chiqa olmaganiga qaramay, yarim asr ilgari Tayvan nomi bilan mashhur boʻlgan Xitoy Taypeyi 1960 va 1968-yillardagi Osiyo Kubogida yarim finalga qadar etib borgan va birinchisida uchinchi oʻrinni egallagan. Jamoa 1954 va 1958-yilgi Osiyo oʻyinlarida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan, ammo jamoadagi baʼzi oʻyinchilar Britaniya Gonkongidan boʻlgan.

Tarix Xitoy Taypeyi futbol assotsiatsiyasi (CTFA) 1924-yilda Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) sifatida materik Xitoyda tashkil etilgan va 1949-yilda Xitoy fuqarolar urushi oxirida Tayvanga koʻchirilgan. 1932-yilda Xitoy sifatida FIFAga aʼzo boʻlgan mamlakat 1954-yilda FIFAga qayta qoʻshildi, avvaliga Tayvan nomi bilan, soʻngra 1980-yilda Xitoy Taypeyi deb oʻzgartirildi.

Jamoaning eng katta muvaffaqiyati 1960-yilda Tayvan terma jamoasi safida OFK Osiyo Kubogida uchinchi oʻrinni egallagani boʻldi. Gonkong terma jamoasi Osiyoning eng yaxshilaridan biri boʻlmasa-da, jamoadagi koʻplab futbolchilar asli Gonkongdan boʻlgan.

Stadion Jamoaning uy oʻyinlarining aksariyati Taypeydagi Chungshan futbol stadionida boʻlib oʻtadi, u 2008-yilda yopilgan. Stadion sigʻimi 20 000 kishidan biroz koʻproq edi.

Murabbiylar shtabi

Lavozim Ism-sharif Texnik direktor Yen Shih-kai Bosh murabbiy Yeh Hsien-chung Yordamchi murabbiy Kwok Chui-fong Yordamchi murabbiy Cheng Chui-yun Yordamchi murabbiy Tan Rui-ping Darvozabonlar murabbiyi Tok Fung-hui Fitnes murabbiyi Hsien Ting-Kai Uchrashuv tahlilchisi Tsai Min-yui Shifokor Chan Xing-ren Fizioterapevt Liu Chen-pei Tarjimon Lin Jun-fai Jamoa menejeri Wong Kui-ho

Murabbiylik tarixi

Ngan Shing-kwan (1936) Lee Wai Tong (1954-1958) Ho Ying Fun (1966) Pau King Yin (1966, 1968, 1971) Hsu King Shing (1967) Law Pak (1977-1981) Chiang Chia (1981-1985) Lo Chih-tsung (1985-1988) Huang Jen-cheng (1988-1993) Chiang Mu-tsai (1994-2000) Huang Jen-cheng (2000-2001) Lee Po-houng (2001-2005) Edson Silva (2005) Toshiaki Imai (2005-2007) Chen Sing-An (2008-2009) Lo Chih-tsung (2009-2011) Lee Tae-ho (2011) Chen Kuei-jen (2012) Chiang Mu-tsai (2012) Chen Kuei-jen (2013-2016) Toshiaki Imai (2016) Kazuo Kuroda (2016-2017) Reiji Hirata (2017) Gary White (2017-2018) Vom Ca-nhum (2018) Louis Lancaster (2019) Vom Ca-nhum (2020-2021) Yeh Hsien-chung (2021) Yak Shin-feng (2022) Yeh Hsien-chung (2022-)

Futbolchilar

Eng ko'p o'yinda ishtirok etgan futbolchilar

DarajaFutbolchiIshtirokGollarDavr1Chen Po-liang80252006-hozir2Chen Yi-wei6132006-20193Wu Chun-ching53112010-hozir4Chen Hao-wei4982011-hozirChen Ting-yang4932013-hozir6Wen Chih-hao4542012-hozir7Tsai Hsien-tang4322000-20128Lo Chih-en4092007-20159Lu Kun-chi3802004-201610Lo Chih-an3792007-2012

Eng yaxshi toʻpurarlar

DarajaFutbolchiGollarIshtirokNisbatDavr1Chen Po-liang25802006-hozir2Wu Chun-ching12532010-hozir3Chang Han10272008-20124Lo Chih-an9372007-2012Lo Chih-en9402007-20156Huang Wei-yi8182004-2010Chen Hao-wei8492011-hozir8Lin Chien-hsun7122013-20179Huang Che-ming6241996-2004Chiang Shih-lu6262003-2011Chu En-le6272014-hozir

Manbalar

Havolalar Chinese Taipei Chinese Taipei Football Association official website Chinese Taipei national team squad

Turkum:Xitoy Taypeyi Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari