Jamshid Boltaboyev (1996-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Andijonning „Andijon“ futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi. Koʻp qirrali futbolchi markaziy himoyachi, oʻng qanot himoyachisi va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyalarida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Yoshlik karyerasi 2012-yilgi Osiyo U-16 chempionati va U-17 FIFA Jahon Chempionatida muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng koʻp oʻtmay, bir qancha klublar sinov takliflarini yuborishgan. Jamshid „Monako“ jamoasining „ As Monako“ akademiyasi bilan olti kunlik mashgʻulotlarda qatnashgan va oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etgan.

Professional karyerasi 2014-yil Paxtakor klubi bilan professional shartnoma imzolagan va 2018-yilgacha jamoa tarkibida harakat qilgan. Shu yillar davomida jamoasining eng muhim futbolchilaridan biriga aylangan.

2018-yil Paxtakor jamoasidagi bir qator oʻzgarishlardan soʻng Jamshid Soʻgʻdiyona jamoasi safiga oʻtgan va jamoa bilan qator muvaffaqiyatli mavsumlarni oʻtkazgan. 2022-yildan Bosh murabbiy Samvel Babayanning taklifiga binoan Namanganning Navbahor jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro 2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida 3 ta uchrashuvda ishtirok etib Oʻzbekiston – Xorvatiya uchrashuvida gʻalaba toʻpini kiritgan. Turnir davomida sariq kartochkalar koʻpligi sabab 1/8 final bosqichida Gonduras U-17 jamoasiga qarshi jamoadoshlariga yordam bera olmagan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2014, 2015 2013-yilda sobiq U-17 terma jamoasi hamyurtlari Akobir Toʻrayev va Izzatilla Abdullayevlar bilan birga yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.

Mahalliy klublar statistikasi MavsumJamolarLigaKubokXalqaroJamiIshtGolIshtGolIshtGolIshtGol2014Paxtakor (Toshkent)641 - -1012015 - - - - - -2016272502922017 - -JamiPaxtakor (Toshkent)2018Soʻgʻdiyona (Jizzax) - -2019Soʻgʻdiyona (Jizzax)20010 - -2020Soʻgʻdiyona (Jizzax)25211 - -2021Soʻgʻdiyona (Jizzax)22230 - -JamiSoʻgʻdiyona (Jizzax)67451 - -7252022Navbahor (Namangan)24071 - -2023Navbahor (Namangan)2346070364JamiNavbahor (Namangan)47413170675

Manbalar

Havolalar

Jamshid Boltaboyev Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari