Alisher Xoliqov (, 20-aprel 1982-yil, Zarafshonda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafqadagi futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Alisher Xoliqov professional faoliyatini 2000-yilda „Zarafshon Navoiy“ klubi safida boshlagan va 2002-yilgi mavsum oxirigacha ushbu klubda toʻp surgan. Bu vaqt ichida u 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urishga erishgan. 2003-yil boshida „Qizilqum“ jamoasiga oʻtib, ikki mavsum davomida „oltin izlovchilar“ safida toʻp surgan. Bu davrda jamoada 30 ta oʻyinda maydonga tushgan va 5 ta gol urgan.

2005-yil boshida Xoliqov Buxoro klubi bilan shartnoma imzolagan. Buxoro jamoasi tarkibida 65 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan. 2008-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtgan. 2009-yilgi mavsumda Neftchi klubi tarkibida AFC Kubogida ishtirok etib 6 ta gol muallifi boʻlgan. 2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Oliy ligasida 13 ta gol urgan va Nosirbek Otaqoʻziyev birga mavsumning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Xoliqov „Neftchi“ klubi safida Oʻzbekiston Oliy ligasida jami 69 ta oʻyinda maydonga tushib, 27 ta gol urgan.

2012-yilgi mavsumda avvaliga „Buxoro“ jamoasi tarkibiga qaytgan va yozgi transfer oynasida „Qizilqum“ klubida tarkibida ham yarim mavsum toʻp surgan. 2013-yilning birinchi yarmini Navoiyning „Zarafshon“ klubida ijara asosida oʻtkazgan. Oʻsha yilning ikkinchi yarmida „Qizilqum“ jamoasiga qaytgan va 2015-yilda shu jamoa tarkibida faoliyatini yakunlagan.

Yutuqlar

 Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2008-yil

Individual Oʻzbekiston chempionati toʻpurari: 2010-yil

Manbalar

Havolalar

Alisher Xoliqov Footballfacts saytidagi profili Alisher Xoliqov Soccerway saytida

Turkum:20-aprelda tugʻilganlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Navoiy viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning eng yaxshi toʻpurarlari