Songkran – sanskrit tilidagi saṅkrānti (yoki aniqrogʻi, meṣa saṅkrānti) soʻzidan olingan atama. Bu atama Bangladesh, Tailand, Laos, Kambodja, Myanma, Shri Lanka, Hindistonning shimoli-sharqiy qismlari, Vetnam va Xishuangbanna, Xitoyda nishonlanadigan anʼanaviy Yangi yil bayrami sifatida qoʻllaniladi. Quyosh va yulduzlar harakatiga koʻra, bayram festivali zodiakning birinchi belgisi boʻlgan qoʻy burjida, yilning 13-aprelidan boshlanadi. Bu Janubiy Osiyoning aksariyat qismlarida Mesha Sankranti deb ataladigan hind taqvimiga asoslangan yangi yil festivali.
Bayramni nomlashda ko‘plab boshqa nomlar qo‘llaniladi. Masalan, Tailandda Songkran, Shri-Lankada Aluth Avurudda, Myanmada Thingyan, Hindistonning shimoli-sharqida Sangken, Bangladeshda Sangrai, Kambojada Choul Chnam Thmey, Laosda Pi Mai Lao hamda Xitoy va Shimoliy Vetnamning ayrim hududlarida Pōshuǐ jié deb ataladi.
Songkran Yangi yil festivallari
Kambodja Yangi yili, Kambodja Laos Yangi yili, Laos Singal Yangi yili, Shri-Lanka Songkran, Tailand Thingyan, Myanma Sangken, Arunachal-Pradesh va Hindistonning Assam shtatining bir qismi Suv sepish festivali, Xitoyning Xishuangbanna shahrida va Vetnamning shimoliy qismlari
Osiyodan boshqa hududlar nishonladigan songkran
Avstraliya Songkran bayrami mamlakatning koʻplab hududlarida oʻtkaziladi. Eng kuchli ahamiyatga ega bayramlardan biri Sidney chekkasida, Yangi Janubiy Uelsning Leumeah shahridagi Wat Pa Buddharangsee buddistlar ibodatxonasida nishonalanadi. Festival har yili minglab insonlarni oʻziga jalb qiladi. Festival davomida suv jangi, kundalik ibodatlar, raqs tomoshalari hamda Tailand, Bangladesh (CHT), Birma, Kambodja, Laos, Shri-Lanka va Malayziya taomlari bilan bezatilgan dasturxon tuzaladi. 2014-yilda bayramga 2000 dan ortiq kishi tashrif buyurgan. Xuddi shu shahar atrofidagi Mahamakut Buddist jamgʻarmasi qoʻshiq aytish, duo qilish, qisqa vaʼz, oziq-ovqat yigʻish orqali Janubi-Sharqiy Osiyo anʼanaviy raqslaridan iborat Songkran bayramini tashkillashtiradi. Keng miqyosdagi Tailand Yangi yilini (Songkran) nishonlash festivali Sidneyning Tai Town shahrida, Yangi Janubiy Uelsning Haymarket shaharchasidagi mashhur sayyohlik markazida oʻtkaziladi. Singal (Shri-Lanka) Yangi yil festivali har yili Viktoriya shtatining Dandenong shahrida oʻtkaziladi. 2011-yilda bayramga 5000 dan ortiq odam tashrif buyurgan va Melburndagi eng yirik Singal Yangi yil festivali sifatida qayd etilgan. Qirolicha Viktoriya Marketi 2017-yil aprel oyining boshida Tailand Yangi yilini nishonlash uchun ikki kunlik Songkran festivalini oʻtkazdi. Tailand, Kambodja, Laos, Birma va Shri-Lanka Yangi yil festivallarini nishonlaydigan Songkran bayramlari kambodjaliklar, laosliklar va tailandlarning asosiy aholisi yashaydigan Yangi Janubiy Uelsning Kabramatta shahrida yashovchilar orasida keng tanilgan va mashhurdir. Ibodatxonalar va tashkilotlar shahar boʻylab bayramlarni oʻtkazadilar.
Ameria Qoʻshma Shtatlari Songkran bayramlari koʻpincha Shri-Lanka, Tailand, Birma, Laos va Kambodja aholisi yashaydigan shaharlarda oʻtkaziladi. UW Khmer talabalar uyushmasi Sietldagi Vashington universitetida yangi yil bayramini oʻtkazadi. Kambodja Yangi yil koʻcha festivali Sietldagi Golden House Bakery & Deli’da boʻlib oʻtadi. Kaliforniyaning Pasadena shahridagi buddist Vixara Shri-Lankaning Yangi yili taqvimiga eʼtibor qaratgan holda Songkran festivalini nishonlaydi. Kaliforniyaning Azusa shahridagi Brahma Vixara ham Birma Yangi yil bayramini keng koʻlamda tashkillashtiradi. Xalqaro Laos Yangi Yil festivali har yili San-Franciscoda oʻtkaziladi va Laos Yangi yilini boshqa Osiyo xalqlari, jumladan Tailand, Kambodja, Birma, Shri-Lanka va janubiy Xitoyning Dailari ham shu festival davomida oʻz yangi yil bayramlarini kutib oladilar. 2015-yil fevral oyida Vashingtondagi Freer and Sackler galereyasi qoʻy yilini nishonlash uchun Yangi yili tadbirini oʻtkazgan, u ham boshqa koʻplab Osiyo mamlakatlari uchun aprel oyining oʻrtalarida boʻladigan Yangi yil festivali hisoblanadi. Unda Xitoy, Koreya, Moʻgʻuliston, Shri-Lanka va ikki yangi yil bayramidan birini nishonlaydigan boshqa Osiyo davlatlarining urf-odatlari amalga oshiriladi. Xuddi shunday tadbir 2016-yilda Sietlda Sharqiy Osiyo oy taqvimiga koʻra nishonlanadigan Yangi yil bayrami oʻtkazildi, ammo „Yil boʻyi yangi yil“ koʻrgazmasining bir qismi sifatida Laosdagi Yangi yil urf-odatlariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Manbalar
Turkum:Bayramlar Turkum:Oy taqvimi Turkum:Osiyo bayramlari Turkum:Alifbo boʻyicha bayramlar