thumb|right|Yangi Zelandiyaning Vairarapa hududida sut fermasi tufayli suvning ifloslanishi.(2003-yilda suratga olingan)
Qishloq xoʻjaligining ifloslanishi – atrofdagi ekotizimlarga yoki odamlarga va ularning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan, atrof-muhitning ifloslanishi yoki degradatsiyasiga olib keladigan dehqonchilikning biotik va abiotik amaliyotlarini bildiradi. Ifloslanish turli xil manbalardan kelib chiqishi mumkin, jumladan, suvning nuqtali manbadan ifloslanishi (bitta oqizish nuqtasidan) keng tarqalgan, landshaft darajasidagi sabablarda, shuningdek, nuqtadan tashqari manbadan ifloslanishi va havoning ifloslanishi deb nomlangan sabablar mavjud. Bu ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhitga kirgach, atrofdagi ekotizimlarga bevosita taʼsir koʻrsatishi mumkin, yaʼni mahalliy yovvoyi tabiatning nobud boʻlishi yoki ichimlik suvining ifloslanishi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi oqimi kabi quyi oqim taʼsiri natijasida katta suvlarda toʻplangan jismlar oʻlik zonalarni yuzaga keltiradi.
Boshqaruv amaliyoti yoki ularni bilmaslik ushbu ifloslantiruvchi moddalar miqdori va taʼsirida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Boshqaruv usullari hayvonlarni boshqarish va yashash joylari bilan taʼminlashdan tortib, global qishloq xoʻjaligi amaliyotida pestitsidlar va oʻgʻitlarlardan foydalanishga qadar boʻlgan jarayonlarni qamrab oladi. Notoʻgʻri boshqaruv amaliyotlari hayvonlarni boqish operatsiyalarini notoʻgʻri boshqarish, haddan tashqari yaylovlarni shudgorlash, oʻgʻitlar va pestitsidlarni notoʻgʻri, ortiqcha yoki nooʻrin tarzda ishlatishni oʻz ichiga oladi.
Qishloq xoʻjaligining ifloslantiruvchi moddalari suv sifatiga katta taʼsir koʻrsatadi va ular koʻllar, daryolar, botqoqlar, kichik daryolar va yer osti suvlarida uchraydi. Qishloq xoʻjaligidagi ifloslantiruvchi moddalarga choʻkindi moddalar, ozuqa moddalari, patogenlar, pestitsidlar, metallar va tuzlar kiradi. Chorvachilik qishloq xoʻjaligida atrof-muhitga kiradigan ifloslantiruvchi moddalarni hajmi bilan katta taʼsir koʻrsatadi. Lagunlarda va maxsus joylarda goʻngni toʻgʻri saqlash va dalalarga goʻng sepilishi toʻgʻri boshqarilmasa, goʻng tarkibidagi bakteriyalar va patogenlar, daryolar va yer osti suvlariga kirib borishi mumkin"Qishloq xoʻjaligi amaliyotining tabiiy resurslarga ekologik taʼsirini oʻrganish. ". USGS. 2007-yil yanvar, pubs.usgs.gov/fs/2007/3001/pdf/508FS2007_3001.pdf. 2018-yil 2-aprelda foydalanilgan..
Yerdan foydalanishning oʻzgarishi, ]]chorvachilik]] va dehqonchilik amaliyotlari va qishloq xoʻjaligi faoliyati natijasida havoning ifloslanishi iqlim oʻzgarishiga katta taʼsir koʻrsatadi va bu muammolarni hal qilish IPCC Iqlim oʻzgarishi va yer boʻyicha maxsus hisobotining asosiy qismidan oʻrin olgan https://www.ipcc.ch/report/srccl/..
Abiotik manbalar Pestitsidlar thumb|alt=Cropduster pestitsidlarni purkamoqda.|Pestitsidni havodan qoʻllash. Pestitsidlar va gerbitsidlar qishloq xoʻjaligi yerlariga ekin yetishtirishni buzadigan zararkunandalarga qarshi kurashda qoʻllanadi. Tuproqning ifloslanishi pestitsidlar tuproqda saqlanib qolganda va tuproqda toʻplanib turgʻun organik ifloslantiruvchilarga aylanganda sodir boʻladi, bu mikrobial jarayonlarni oʻzgartirishi, oʻsimliklarning kimyoviy moddalarni oʻzlashtirishini kuchaytirishi va tuproq organizmlariga zaharli boʻlishi mumkin. Pestitsidlar va gerbitsidlarning saqlanish darajasi aralashmaning oʻziga xos kimyosiga bogʻliq boʻladi, natijada u sorbsiya dinamikasiga va tuproq muhitining taqdiri va transport xususiyatiga kuchli taʼsir qiladi . Pestitsidlar ifloslangan zararkunandalar va tuproq organizmlari bilan oziqlanadigan hayvonlarda ham toʻplanishi mumkin. Bundan tashqari, pestitsidlar foydali hasharotlar, masalan changlatuvchilar va zararkunandalarning tabiiy dushmanlari (yaʼni, zararkunandalarni ovlaydigan yoki parazitlik qiluvchi hasharotlar uchun maqsadli zararkunandalarga nisbatan koʻproq zararli boʻlishi mumkinGullan. , P.J. va Cranston, P.S. (2010) Hasharotlar: Entomologiyaning qisqacha mazmuni, 4-nashr. Blackwell Publishing UK: 584-sahifa..
Pestitsidlarni yuvish Pestitsidlarni yuvish pestitsidlarni suv bilan aralashib, tuproq boʻylab harakat qilishi natijasida sodir boʻladi, natijada yer osti grunt suvlarini ifloslantiradi. Yuvish miqdori tuproq va pestitsidlarning oʻziga xos xususiyatlariga, yogʻingarchilik va sugʻorish darajasiga bogʻliq. Agar suvda eruvchan pestitsidlardan foydalanilganda, tuproq qumli boʻlganida, yuvish koʻproq sodir boʻladi. Agar pestitsidlarni qoʻllagandan keyin ortiqcha sugʻorish sodir boʻlsa, pestitsidning tuproqqa adsorbsion qobiliyati past boʻadi. Yuvish nafaqat ishlov berilgan dalalardan, balki pestitsidlarni aralashtirish joylaridan, pestitsidlarni qoʻllash uchun moʻljallangan mashinalarni yuvish joylaridan yoki utilizatsiya qilinadigan joylardan ham kelib chiqishi mumkin.
Oʻgʻitlar Oʻgʻitlar ekinlarni azot, fosfor, kaliy kabi qoʻshimcha oziq moddalar manbalari bilan taʼminlash, oʻsimliklarning oʻsishi va hosildorligini oshirish uchun ishlatiladi. Ular oʻsimliklarning oʻsishi uchun foydali boʻlsa-da, ular tabiiy ozuqa va mineral biogeokimyoviy siklni buzishi va inson va ekologik sogʻliq uchun xavf tugʻdirishi mumkin.
Azot Azotli oʻgʻitlar oʻsimliklarni oʻsimliklar qabul qilishi uchun biologik mavjud boʻlgan, yaʼni NO3− (nitrat) va NH4+ (ammiak) kabi azot shakllari bilan taʼminlaydi. Bu ekinlar hosildorligi va qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini oshiradi, lekin u yer osti va yer usti suvlariga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, atmosferani ifloslantirishi va tuproq salomatligining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Oʻgʻit orqali qoʻllanadigan ozuqa moddalarining hammasi ham ekinlar tomonidan oʻzlashtirilmaydi va ularning qolganlari esa tuproqda toʻplanadi yoki oqim sifatida yoʻqoladi. Nitratli oʻgʻitlar yuqori eruvchanligi va molekulasi manfiy zaryadlangan loy zarralari oʻrtasidagi zaryadga oʻxshash boʻlgani sababli, tuproq qatlamiga oqib oʻtish orqali yoʻqolishi ehtimoli ancha yuqori. Azotli oʻgʻitlarni qoʻllash darajasi nitratning suvda yuqori eruvchanligi sababli yer usti suvlariga oqib tushishning koʻpayishiga, shuningdek, yer osti suvlariga singib ketishiga olib keladi va shu bilan yer osti suvlarining ifloslanishini keltirib chiqaradi. Yer osti suvlarida nitrat darajasi 10 mg/L (10 ppm) dan yuqori miqdori, bolalarda „koʻk chaqaloq sindromi“ (orttirilgan methemoglobinemia) va ehtimol qalqonsimon bez kasalliklari hamda turli xil saraton turlarini keltirib chiqaradi. Atmosfera azotini (N2) koʻproq biologik mavjud shakllarga oʻtkazuvchi azot fiksatsiyasi va biologik mavjud azot birikmalarini N2 va N2O ga aylantiruvchi denitrifikatsiya, azot aylanishida ishtirok etadigan eng muhim metabolik jarayonlardan ikkitasidir, chunki ular ekotizimlarga azotning eng katta kirish va chiqishi hisoblanadi. Ular azotning atmosfera (yaʼni, taxminan 78 % azot) va biosfera oʻrtasida oqimini taʼminlaydi. Azot aylanishidagi boshqa muhim jarayonlar nitrifikatsiya va ammonifikatsiya boʻlib, ular mos ravishda ammiakni nitrat yoki nitritga va organik moddalarni ammiakka aylantiradi. Bu jarayonlar koʻpchilik ekotizimlarda azot kontsentratsiyasini nisbatan barqaror ushlab turganligi sababli, qishloq xoʻjaligidan chiqqan azotning katta oqimi jiddiy buzilishlarga olib kelishi mumkin.
Buning suv ekotizimlarida keng tarqalgan natijasi evtrofikatsiya boʻlib, bu oʻz navbatida gipoksik va anoksik sharoitlarni yaratadi. Bu ikkalasi ham oʻlimga olib keladi yoki koʻplab turlarga zarar yetkazadi. Azotli oʻgʻitlash NH3 gazlarini ham atmosferaga chiqarishi mumkin, ular keyinchalik NOx birikmalariga aylanishi mumkin. Atmosferadagi NOx birikmalarining koʻp miqdori suv ekotizimlarining kislotalanishiga olib kelishi va odamlarda turli xil nafas olish muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Oʻgʻitlash natijasida N2O ajralib chiqishi mumkin, bu issiqxona gazi boʻlib, stratosferada ozonning (O3) yoʻq qilinishiga yordam beradi. Azotli oʻgʻit oladigan tuproqlar ham zararlanishi ham mumkin. Oʻsimliklarda mavjud boʻlgan azotning koʻpayishi ekinning sof birlamchi ishlab chiqarishini oshiradi va oxir-oqibat, parchalangan biomassa orqali oʻgʻitlar va uglerod birikmalaridan azotning koʻproq kirishi natijasida tuproqning mikrobial faolligi ortadi. Tuproqdagi parchalanishning kuchayishi tufayli uning organik moddalari tugaydi, bu esa tuproqning umumiy sogʻligʻini yomonlashuviga olib keladi.
Standart azotli oʻgʻitlarga alternativalardan biri bu kuchli samarali oʻgʻitlar (EEF) hisoblanadi. EEF larning bir nechta turlari mavjud, ammo ular odatda ikkita toifaga boʻlinadi, sekin chiqadigan oʻgʻitlar yoki nitrifikatsiya inhibitori oʻgʻitlari. Sekin-asta boʻshatilgan oʻgʻitlar qishloq xoʻjaligi tizimlariga Azotning chiqishini kechiktiradigan va sekinlashtiradigan polimer bilan qoplangan. Nitrifikatsiya inhibitorlari — bu juda gidrofobik boʻlgan oltingugurt birikmasi bilan qoplangan oʻgʻitlar, bu azotning chiqishini sekinlashtirishga yordam beradi. EEF (Enhanced Efficiency Fertilizers)lar azotning tuproqqa kamroq va barqaror oqishini taʼminlaydi va azotning yuvilishi va NOx birikmalarining uchuvchanligini kamaytirishi mumkin, ammo ilmiy adabiyotlar azot ifloslantirishini kamaytirishda ham samarali, ham samarasizligini koʻrsatadi.
Fosfor Qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan fosforli oʻgʻitlarning eng keng tarqalgan shakli fosfat (PO43-) boʻlib, u PO43-ni oʻz ichiga olgan sintetik birikmalarda yoki goʻng va kompost kabi organik shakllarda qoʻllanadi. Fosfor oʻynaydigan roli tufayli barcha organizmlar uchun muhim ozuqa hisoblanadi, shuningdek nuklein kislota ishlab chiqarish va metabolik energiya almashinuvi kabi hujayra va metabolik funksiyalarda muhimdir. Biroq, koʻpchilik organizmlar, shu jumladan qishloq xoʻjaligi ekinlari ham oz miqdorda fosforga muhtoj, chunki ular ekotizimlarda nisbatan kam miqdorda rivojlangan.
Tuproqdagi mikrob populyatsiyalari fosforning organik shakllarini fosfat kabi eruvchan oʻsimlik shakllariga aylantira oladi. Bu bosqich odatda noorganik oʻgʻitlar bilan chetlab oʻtiladi, chunki u fosfat yoki boshqa mavjud oʻsimlik shakllari sifatida qoʻllanadi. Oʻsimliklar tomonidan qabul qilinmagan har qanday fosfor tuproq zarralariga soʻriladi, bu esa uning joyida qolishiga yordam beradi. Shu sababli, u odatda yer usti suvlariga kiradi, agar u biriktirilgan tuproq zarralari yogʻingarchilik yoki boʻron suvi oqimi natijasida eroziyalanadi. Yer usti suvlariga kiradigan miqdor oʻgʻit sifatida qoʻllanadigan miqdorga nisbatan nisbatan past boʻladi, lekin u koʻpgina muhitlarda cheklovchi oziq moddasi boʻlgani sababli, hatto kichik miqdori ham ekotizimning tabiiy fosfor biogeokimyoviy aylanishini buzishi mumkin. Garchi azot zararli suv oʻtlari va siyanobakteriyalarning gullashida muhim rol oʻynasa ham evtrofikatsiyaga sabab boʻladi, fosfor koʻpincha, ayniqsa chuchuk suvlarda eng cheklovchi oziq moddasi boʻlgani sababli, ortiqcha fosfor eng katta hissa qoʻshuvchi omil hisoblanadi . Bundan tashqari yer usti suvlaridagi kislorod miqdorini kamaytirish uchun suv oʻtlari va siyanobakteriyalarning gullashi inson va hayvonlar sogʻligʻi hamda koʻplab suv organizmlari uchun zararli boʻlgan siyanotoksinlarni ishlab chiqarishi mumkin.
Tarkibida fosfor boʻlgan oʻgʻitlarda kadmiy kontsentratsiyasi sezilarli darajada farq qiladi va muammoli boʻlishi mumkin. Masalan, mono-ammiakli fosforli oʻgʻitda kadmiy miqdori 0.14 mg/kggacha past, 50.9 mg/kggacha yuqori boʻlishi mumkin. Buning sababi shundaki, ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan fosfat jinsi 188 mg/kggacha boʻlishi mumkin (masalan, Nauru va Rojdestvo orollaridagi konlar). Yuqori kadmiyli oʻgʻitlardan doimiy foydalanish tuproq va oʻsimliklarni ifloslantirishi mumkin. Fosfatli oʻgʻitlarning kadmiyi miqdori boʻyicha cheklovlar Yevropa Komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan. Fosforni oʻz ichiga olgan oʻgʻit ishlab chiqaruvchilari endi fosfat jinslarining tarkibidagi kadmiyga qarab tanlaydilar.