Turobjon Joʻrayev (1966-yil 22-fevral, Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani) — Samarqand viloyati hokimi (2017—2018), Bekobod tumani hokimi (2017), Qashqadaryo viloyati hokimi (2011—2013), Surxondaryo viloyati hokimi (2008—2011).
Tarjimai holi 1981-1984 - Qashqadaryo viloyati Usmon Yusupov tumanidagi taʼmirlash ustaxonasida chilangar. 1984-1990 — Toshkent xalq xoʻjaligi instituti talabasi. 1990-1997 - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida buxgalteriya hisobi, xoʻjalik faoliyatini nazorat va tahlil qilish kafedrasi assistenti, audit kafedrasi aspiranti, dotsenti. 1997-1998 - Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hisob, tahlil va kredit kafedrasida tadqiqotchi. 1998-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari. 2003-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. 2008-2011 — Surxondaryo viloyati hokimi. 2011-2013 — Qashqadaryo viloyati hokimi. 2013-2017 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri. 2017-yil 16-aprelda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi etib tayinlangan. Shu yilning 13-iyun kuni Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi. 11-iyulda ishdan boʻshatildi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167- („oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish“), 206- („hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chiqish“), 210- („pora olish“) va 243- („jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish“) moddalari bilan aybdor deb topilgan hamda 13 yilga ozodlikdan mahrum etilganSamarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Joʻraev va boshqa mulozimlarga sud hukmi oʻqildi.
Manbalar
Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston jinoyatchilari