Amrita Acharia-nepallik,ukrainava norvegiyalik aktrisa. U HBO kanalida efirga uzatilgan „ Taxtlar oʻyini“ serialidagi Irri roli va ITV kqnalida efirga uzatilgan "The Good Karma Hospital " serialidagi doktor Rubi Uoker rollari bilan mashhur.
Yoshlik Acharia Nepalning Katmandu shahrida tugʻilgan. Uning otasi nepallik ginekolog boʻlib, u Kiyevdagi tibbiyot fakultetida oʻqiyotganda Amritaning onasi bilan tanishgan. Acharia Katmandu, Ukraina, Angliya va Norvegiyada oʻsgan. U bolaligining yetti yilini Nepalda oʻtkazgan, otasining ishi sababli oilasi bilan Angliyaga, keyin esa 13 yoshida Norvegiyaga koʻchib kelgan.
19 yoshida Norvegiyada oʻrta maktabni tugatgan. Acharia aktyorlik faoliyatini boshlash uchun Angliyaga koʻchib oʻtgan.
Faoliyati Acharia " Taxtlar oʻyini „ serialining dastlabki ikki mavsumida Daenerys Targaryenning xizmatkori Irri rolini oʻynagan. Uning qahramoni ikkinchi mavsumda vafot etgan. Film voqealariga koʻra Irrini dugonasi Dorea (Roksann McKee oʻynagan) tomonidan boʻgʻilib oʻldirilgan. Epizod suratga olib boʻlinganidan soʻng, ertasi kuni Acharia boʻynida koʻkarishlar paydo boʻlgan.
2011-yilda Acharia BBCning Lapland filmida rol oʻynagan. U, shuningdek, “The Devil’s Doublr" biografik filmida maktab oʻquvchisi sifatida rol ijro etgan. Acharia Norvegiyaning „ I Am Your“ badiiy filmida bosh rolnioʻynadgab, bu rol unga Norvegiya Amanda mukofotlarida eng yaxshi aktrisa nominatsiyasini taqdim etdi. 2016-yilda Acharia Norvegiyaning Frikjent teleserialida davlat prokurori rolini oʻynagan. U Britaniyaning " Welcome to Curiously „ psixologik trillerida bosh rol oʻynagan. Film setiak qotilning qamoqdan qochishi atrofidagi bir-biriga bogʻlangan toʻrtta hikoya bilan bogʻliq.
Shaxsiy hayot Acharia 2016-yilda London marafonini 03:46:07 natijasi bilan yakunlagan.
U Hindistonda odam savdosiga uchragan nepallik bolalarni qutqarish bilan shugʻullanadigan ChoraChori xayriya tashkilotining elchisi. U ukrain, rus, ingliz va norveg tillarini biladi. U nepal tilini bilmaydi, lekin uni oʻrganishni rejalashtirayotganini aytgan.
Filmografiya Yil Sarlavha Rol Izohlar 2010-yilIn Company of Wolves Rita Qisqa filmCollectables Ayol Qisqa film 2011-yilThe Devil’s Double Maktab qizi Laplandiya Kelin Televizion film 2013-yilI Am Yours Mina Asl nomi: Jeg er din 2014-yilDead Snow 2: Red vs. Dead Reidun Asl nomi: Død snø 2Camo9 Amira 2015-yil Amar Akbar va Toni RichaOf Her I Dream Sharza Qisqa filmQueenʼs Mile Ania Qisqa film 2016-yilKiss the Devil in the Dark Lilly Qisqa film 2018White Chamber RutGenesis Alexa BrooksWelcome to Curiosity ZoeSibi and Dab Kate Televizion film 2019Missing Link Ama Lhamu Ovozli rol
Televizion Yil Sarlavha Rol Izohlar 2010-yilCasualty Neela Sarin Epizod: “Kamroq yaxshi"Casualty Series 24 Episode 40 Radio Times, retrieved 27 July 2019. 2011-yilDoctors Saskia Tremlett Epizod: "Nomzod" 2011-2012 Taxtlar Oʻyini Irri Takroriy rol, 13 qism 2015-yilPen & Paper & Laser Guns Abby Qism: "1-seriya, 2-qism" 2016-yil Frikjent Amina Sahir Oddiy seriya, 8 qism 2017-yilRed Dwarf Ofitsiant Greta Epizod: "Vaqt toʻlqini" 2017 — hozirgi kungachaThe Good Karma Hospital Doktor Rubi Uoker Oddiy seriya, 18 qism 2020The Sister Xolli Foks Mini-serial, 4 qism TBCThe Serpent Queen Aabis Suratga olish
Manbalar
Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Norvegiyalik aktrisalar