Zhou Xiaolan (soddalashtirilgan xitoycha:周晓兰, 1957-yil 9-oktabrda tugʻilgan) — sobiq xitoylik voleybolchi, 1980-yillarning boshlarida Xitoy ayollar milliy voleybol terma jamoasining boshlangʻich oʻrta blokeri boʻlgan va uchta jahon musobaqalarida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Faoliyati
Zhou Xiolan Jiangsu provintsiyasining Nankin shahrida 1957-yil 9-oktabrda tugʻilgan. 1973-yilda u voleybol oʻynash uchun havaskorlar sport maktabiga oʻqishga kirdi va oʻsha yili Shansi provinsiyasi jamoasiga qabul qilindi. 1977-yilda Zhou Xiolan Xitoy oʻsmirlar terma jamoasiga, keyin esa Xitoy terma jamoasiga qabul qilindi.
1984-yilda Zhou Xiolan Xitoy voleybol jamoasining asosiy aʼzosi boʻlib, Los-Anjelesdagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida AQSh jamoasi tarkibida oʻynagan va oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti 1984-yilda nafaqaga chiqqanidan soʻng, Zhou Xiolan Shanxay sport kollejida tahsil oldi va keyinchalik Xitoy milliy sport komissiyasida ishladi va „toʻplar“ boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari vazifasini bajardi. 1995-yilda u lavozimidan voz kechdi va eri bilan AQShga ketdi.
Zhou Xiolan dastlab Jorj Vashington universitetida voleybol boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan. Keyinchalik u sport karerasidan voz kechdi va Merilenddagi tibbiy asboblar kompaniyasida muhandis boʻlib ishga kirdi. Biroq, u hali ham voleyboldan dars beradi va har hafta CCACC markazida darslar oʻtkazadi. Uning har bir sinfida taxminan 20-50 ta oʻquvchi bor.
2014-yilda Zhou Xiolang Merilend shtatining Xovard okrugida joylashgan Sharqiy qirgʻoq elita nomli oʻzining qizlar voleybol klubini ochdi va hozirda ushbu klubga murabbiylik qilmoqda.
Zhou Xiolangning Lyusi va Meri ismli 2 qizi bor, ularning ikkalasi ham Merilend universitetida oʻqigan.
Mukofotlar
Milliy terma jamoa
1981-yilgi jahon chempionati -Fayl:Med_1.png Oltin medal 1982-yilgi jahon chempionati -Fayl:Med_1.png Oltin medal 1984-yil Los-Anjelesdagi Olimpiya oʻyinlari -Fayl:Med_1.png Oltin medal
Manbalar
Havolalar
Zhou Xuolangning profil
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayol voleybolchilar Turkum:WikiAyollar